Qirg'iziston darvozaboni: "Hali imkoniyatlarimiz etarli, O'zbekiston esa turnir favoriti"
10 fev 2016 18:52
Yangiliklar
Qirg'iziston darvozaboni: "Hali imkoniyatlarimiz etarli, O'zbekiston esa turnir favoriti"
"2:0 ga yutib turgandik. Keyin nimadir bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'yin o'zgarib ketdi va raqib oldinga o'tib oldi. Keraksiz joyda xatolar qildik. Umuman olganda esa o'yin teng bo'ldi", deya so'z boshladi Kirill Ermolov.
-Qirg'iziston ushbu o'yinda ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishlab oldimi?
-SHahsan mening fikrimcha, bir ochko ishladik deb o'ylayman. Garchi, birinchi bo'limda to'liq ustunlik qilgan bo'lsakda.
-Qirg'iziston terma jamoasining imkoniyatlari...
-Hali imkoniyatlarimiz etarli deb o'ylayman. Bugungi xatolardan xulosa chiqargan holda keyingi ikkita o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
-Sizning fikringizcha guruh favoriti...
-SHubhasiz, mezbon terma jamoa O'zbekiston. Umuman, terma jamoaning chempionlik uchun ham imkoniyatlari etarli. Terma jamoangizning o'yinlarini o'tgan yildan beri kuzatamiz. Katta ishlar qilindi bu borada. O'zbekiston kamida yarim finalda o'ynaydi.
-Tashkiliy ishlar borasida qanday fikrdasiz?
-Mamlakat uchinchi marta ushbu turnirga mezbonlik qilmoqda. Barchasi alo darajada. 10 ballik sistemada 10+ qo'ygan bo'lardim.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar