So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  0 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  16 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Javohir Ro'ziev: "Chiroyli futbol ko'rsatmagan bo'lsak-da, bu erga ochko uchun kelgandik" Yangiliklar

Javohir Ro'ziev: "Chiroyli futbol ko'rsatmagan bo'lsak-da, bu erga ochko uchun kelgandik"

"Buxoro" futbolchisi Javohir Ro'ziev Superliganing 2-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- O'yin yaxshi bo'ldi. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ular oxirigacha kurashishdi. To'g'ri, chiroyli futbol ko'rsatmagan bo'lsak-da, bu erga ochko uchun kelgandik. Oxirigacha kurashgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- "Navbahor" ham "Buxoro" kabi birinchi turda standartlar evaziga g'alabaga erishgandi. Raqibni o'rganishda nimalarga ko'proq ahamiyat berildi?

- Raqibning o'yinini ko'rdik. Ular ham birinchi turda chiroyli o'yin ko'rsatmadi, natija uchun o'ynadi. Bugun maydonda jang bo'lishini bilardik. Asosan shunga etibor qildik. Yigitlar oxirigacha kurashdi. Shu sababli g'alaba qozondik deb o'ylayman.

- Mavsum boshida "Buxoro" atrofida homiy bo'yicha gap-so'zlar bo'ldi. Bu jamoaga qanchalik tasir o'tkazmoqda?

- Shu gaplardan keyin barcha muxlislar "Buxoro" yaxshi natija ko'rsata olmaydi, deb o'ylamoqda. Yigitlar buni o'ylagani yo'q. Barchamizga natija muhim. Biz bu holatlarni o'ylamay, bir kuch bo'lib, maydonda faqatgina futbolni o'ylayapmiz.

- Keyingi o'yinda jamoa "Xorazm"ga qarshi o'ynaydi. O'tgan yili "Buxoro" ushbu raqibdan alamli mag'lubiyat qabul qilib olgandi. Bu jamoaga ikki karra kuch beradimi?

- Biz hamma o'yinda g'alaba uchun tushishga harakat qilyapmiz. Bu mavsum oldidan maqsadlar katta qo'yilgan. Nasib bo'lsa, "Xorazm" bilan o'yinda ham muxlislarni xursand qilishga intilamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

   
06 mar 12:58:27
Туйгун
Жавохир укам зур уйнадинг Бухоро мухлислари сен билан фахрланади худо хохласа яхши натижаранинг олдинда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика