So’nggi yangiliklar

09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  3 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  6 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  14 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7

Qayta birlashuv: Messi va Suares yana birga (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qayta birlashuv: Messi va Suares yana birga (mutolaa uchun)

Argentinalik va urugvaylikning kareradagi yo'llari haqida gaplashamiz.

Luis Suares so'nggi vaqtlar sog'ligidagi muammolardan ko'p shikoyat qilmoqda. Futbolchida doimiy ravishda tizzadagi kuchli og'riqlar yuzaga kelmoqda va shu sabab tez-tez ukol qabul qilgan holda o'ynashiga to'g'ri kelmoqda. Bu 36 yoshli hujumchining hozir ham rasman ish joyi hisoblangan "Gremio" bilan ro'y berdi. Urugvaylikning faoliyatini Braziliyadagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng yakunlashi istisno etilmagandi. U A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda 17ta gol va 11ta assist qayd etdi. Ammo, Luis barcha muammolarga qaramay do'sti bilan qayta birlashishni rad eta olmadi.



"Inter Mayami" erkin agent maqomida Suaresning o'tishini elon qildi. Tomonlar 1+1 sxemasida shartnoma imzolashdi. Bu transferdagi katta rolni Lionel Messi o'ynadi. Barchaga argentinalik va urugvaylikning katta do'stlar hisoblanishi malum. Ular "Barselona"da 6 yil birgalikda o'ynashdi va Ispaniyada ham, undan tashqarida ham barcha raqiblarini dahshatga solishdi. O'sha jamoada Neymar ham bor edi, u avvaliga Parijga, so'ngra Saudiya Arabistoniga yo'l olishni afzal ko'rdi. Ammo, braziliyalik ham Messi bilan PSJda qayta birlashgan edi, shundan so'ng ikki o'yinchi parijliklar safini tark etdi.

Suaresning "Inter Mayami"ga o'tishi MLSni unchalik kuzatmaydiganlarni ham qiziqtirdi. Barcha Luis va Leoning "Barselona"da qanchalik foydali o'ynashganini eslaydi. Urugvaylik Kataloniya klubiga 2014 yilning yozida "Liverpul"dan o'tgandi. Transfer narxi 81 mln evroni tashkil etgan. Suaresning "Barselona"dagi olti yilligi – bu tarix, ammo juda ham yorqin. Luis Kataloniya klubida 283ta o'yinda maydonga tushib, 195ta gol va 113ta assist ijro etdi. Urugvaylik "ko'k-anorranglilar" safida La Ligada ketma-ket 4 yil 20tadan oshiq gol urgan holda aqlbovarqilmas natija qayd etdi. Forvard 2015/16 yilarda 40ta to'p kiritdi.

Suares va Messi "Barselona"da 13ta sovrin yutishdi. Ular birgalikda 258ta o'yin o'tkazib, ulardan 187tasida g'alaba qozonishdi va atigi 29tasida esa mag'lubiyatga uchrashdi. "Ko'k-anorranglilar"ning Luis va Leo ishtirokidagi o'yinlarda g'alaba foizi 73ni tashkil etadi. Neymar PSJga ketganidan so'ng MSNdagi uchlik duetga aylandi va shunda ham juda samarali o'yin ko'rsatishdi. Ammo, urugvaylik "Barselona"ni tark etdi. Kataloniya klubining o'sha paytdagi prezidenti Jozep Bartomeu o'yinchini rad etishga qaror qildi va shu sabab ko'plab tanqidlarni qabul qilib oldi. Suares "ko'k-anorranglilar"dan xafa edi va 2020 yilda ularning to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisi bo'lgan "Atletiko"ga o'tdi. "Matraschilar" forvard uchun bor yo'g'i 9 mln evro to'lashdi.



Messi do'stining ketganidan eski paytlar eslangan va deyarli ko'z yoshga olib keluvchi postlarni qoldirgan holda qattiq tashvishga tushdi. O'sha paytda urugvaylik Madridda porladi. Suares ilk mavsumidayoq 21ta gol urgan holda "Atletiko" bilan La Ligani yutdi. Keyingi mavsum esa uning samaradorligi 2 baravarga tushdi. Forvardning o'yin vaqti ham qisqardi. OAVda o'yinchi va bosh murabbiy Diego Simeone o'rtasidagi mojaro haqida mish-mishlar tarqaldi. Nima bo'lgan bo'lsa ham tajribali to'purar o'z ishini qildi – "matraschilar"ga chempionlik titulini yutishga yordam berdi va ikki mavsumdan so'ng Madrid klubini tark etdi.

Suares vatani Urugvayga qaytishni juda ham xohladi va bu 2022 yilning yozida ro'y berdi. Luis jahon chempionatiga "Nasonal" safida tayyorgarlik ko'rishga qaror qildi. Futbolchi u erda milliy chempionatda 12ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urishga va chempionlik sovrinini yutishga ulgurdi. Urugvaylik JCH-2022dan so'ng "Gremio"ga erkin agent maqomida o'tdi. Portu-Allegri klubi Braziliya A Seriyasida chempionlik uchun oxirigacha kurashdi, bunga yulduzli qariyaning 17ta gol va 11ta assisti ham yordam berdi. Ammo, "uchranglilar" chempionlik poygasida 2 ochko farq bilan "Palmeyras"ga imkoniyatni boy berishdi. Tajribali forvard Braziliyada ham qo'lidan kelgan barchasini qildi va shundan so'ng AQSHga yo'l olishga qaror qildi.

Messining ham bu vaqtdagi faoliyati juda boy o'tdi. Argentinalik Suaresdan bir yil o'tib "Barselona"ni tark etdi. Leoning butun faoliyatini Kataloniya klubida o'tkazadigandek ko'rindi, ammo bu ro'y bermadi. Deku yaqinda takidlab o'tganidek, oradan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa ham dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan birining ketishi hali ham "ko'k-anorranglilar"ga tasir o'tkazmoqda. Messi 2021 yilning yozida PSJga erkin agent maqomida o'tdi. Parijliklar uchun bunday o'yinchini tekinga olish aqlbovarqilmas muvaffaqiyat bo'ldi. PSJ Leo, Neymar va Kilian Mbappe bilan katta hujumkor trioni yaratdi, ammo maydonda bundan katta foyda ololmadi.



Messining PSJda muvaffaqiyatsiz o'ynadi deyish xato. U Liga 1dagi ilk mavsumida faqatgina 6ta gol urgan bo'lsa ham, 14ta assist qayd etdi. Leo kelasi mavsum o'z hisobiga gol+pas tizimida 16+16ni yozdirib qo'ydi. Parijliklar ikki bor Franciya chempioni bo'lishdi, ammo CHempionlar ligasida ketma-ket 2 yil 1/8 final bosqichidan chiqib ketishdi. CHLdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun asosan argentinalikni ayblashdi, sababi u bilan asosan Evropadagi bosh klublar turniridagi muvaffaqiyat uchun shartnoma imzolashgandi. Messining Parijdagi faoliyati qiyinroq kechdi, ammo shunga yarasha jahon chempionatida g'alaba qozondi. Qizig'i, Argentina terma jamoasi turnir finalida aynan Franciyani mag'lubiyatga uchratdi.

Leoni PSJda 2 yil o'ynab tanqidlar va bosimdan uzoqroq bo'lgan quyoshli Floridaga va Devid Bekxem tomon yo'l oldi. Argentinalik AQSHda Franciyaga qaraganda ancha yaxshi kutib olindi. Messi muxlislarga bu uchun tezda javob berdi va "Inter Mayami"ga Liga kubogini yutishga yordam berdi, bu klub tarixidagi ilk sovrin bo'ldi. Mayami klubi ham PSJga o'xshab Leoni tekinga oldi, ammo unga boshqacha yondashuv qildi. Amerikaliklar argentinalik va uning oilasi uchun barchasini qilgan holda katta g'amxo'rlik ko'rsatishdi, bu uning yangi klubida maksimal darajada o'zini yaxshi his qilishi uchun edi.



"Inter Mayami" SHarqiy konferenciyada jadvalda 14-o'rinni egallagan holda MLS muntazam chempionatida muvaffaqiyatsiz o'ynadi. Ammo, jamoada endilikda Messi, Serxio Buskets, Jordi Alba va Suares bor. Amerika ligasida bu yigitlarning yoshi hech narsani hal qilmaydi. MLSda yangi mavsum 2024 yilning fevralida start oladi. "Inter Mayami" mavsumni 22 fevralda Yutaning "Real Solt-Leyk" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi, undan oldin esa Saudiyaning "Al Hilol" (29 yanvar) va tarkibida Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Al Nasr" (1 fevral) bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi. MLSdagi yangi mavsum juda qiziqarli bo'lishga vada bermoqda, ayniqsa futboldagi romantika muxlislari uchun.


Footballhd.ru saytidan Abdusalom Djalilov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика