"Qayrat" ustozi Ibrohimhalil Yo'ldoshevni tanqid qildi
09 sen 2024 17:09
Yangiliklar
"Qayrat" ustozi Ibrohimhalil Yo'ldoshevni tanqid qildi
"Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev so'nggi paytlarda yomon o'yin ko'rsatayotganidan nolidi.
"U o'yin oxirida charchab qoldi. Biz uni avvalroq almashtirishni rejalashtirgandik, ammo ulgurmay qoldik. Bilasizmi, u yaxshi jismoniy holatda emas. Ehtimol, bir qancha vaziyatda xato qilayotgani uchun ham ko'p kuch sarflayotgandir. Xatolar tufayli ko'p ish qilishga to'g'ri kelyapti", – dedi Urazbaxtin.
Eslatib o'tamiz, Olmaota jamoasi Rossiyaning "Zenit" klubi bilan o'rtoqlik o'yinida 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi. "Qayrat" safida gollarni Joao Paulo, Yug Stanoev va Vyacheslav SHvirev urdi. "Zenit" tarkibida esa Aleksandr Eroxin, Mateo Kasserra va Lusiano Gondu (2 ta) to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar