Qatar bosh murabbiyi: "Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyati katta motivaciya bermoqda"
06 fev 2024 17:52
Yangiliklar
Qatar bosh murabbiyi: "Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyati katta motivaciya bermoqda"
"Eronga qarshi bahs biz uchun o'ta qiyin bo'lishini sezib turibmiz. Qisqa vaqt ichidagi oltinchi o'yinimiz bo'ladi. Jismoniy jihatdan bu og'ir yuklama, ammo hali ham yaxshi natijadan umid qilib turibmiz.
Eron juda kuchli terma jamoa. Osiyo kubogida to'qnash kelgan biror jamoaning kuchiga past baho bermadik. Eronga qarshi tabiiyki bunday qilmaymiz.
Yarim final o'yiniga katta motivaciya bilan kelmoqdamiz. CHempionlik o'yinigacha bir qadam bor. Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyatiga egamiz. Bu narsa bizga katta motivaciya beradi.
Eron termasining hujum chizig'i juda kuchli, aynan shu narsa bizni cho'chitmoqda. Raqibning hujum chizig'ini zararsizlantirishga urinib ko'ramiz.
O'yinni penaltilar seriyasiga olib borish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Doim g'alaba uchun o'ynaymiz, Eron bilan ham shunday bo'ladi", -deydi Markes Lopes.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar