So’nggi yangiliklar

10:17Ямал бу мавсумдаги мақсадлари ҳақида фикр билдирди  1 09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  11 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  3 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  16 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  5 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0

"Qanday holatda bo'lmaylik, muxlislar bizdan chempionlikni kutishadi" – Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'inlariga tashrif buyurdi Yangiliklar

"Qanday holatda bo'lmaylik, muxlislar bizdan chempionlikni kutishadi" – Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'inlariga tashrif buyurdi

"Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'inlariga klub raisi tashrif buyurdi.

"Paxtakor"ning Turkiyadagi mashg'ulotlariga klub raisi Jahongir Ortiqxo'jaev tashrif buyurdi. Jamoa ushbu mavsum qanday maqsadlarga erishishi kerakligini mashg'ulot yakuniga etganidan keyin Jahongir Abidovichning o'zi futbolchilarga tushuntirdi.

"Biz Sizlarga futbol o'ynashingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. SHuning uchun ham Evropa havosidan nafas olgan mutaxassislarni jalb qildik. Mening niyatim O'zbekiston milliy terma jamoasi JCHda ishtirok etsin va "Paxtakor" muxlislari terma jamoa safida Sizlardan imkon qadar ko'prog'ingizni tarkibda ko'rib hursand bo'lsin. 2024 yilgi mavsumni unutamiz. Bizdan muxlislar qanday holatda bo'lmaylik chempionlikni kutishadi. Bu yilgi tarkibimiz eng yaxshilaridan deb bilaman. Yoshlarning oldiga Igor Sergeev va Iroq terma jamoasidan Basharni qo'shdik. Bu erda Alijonov, Sobirxo'jaev va Hamdamov kabi kuchli futbolchilarimizni safimizda olib qoldik", - deydi Jahongir Abidovich.

Suhbat jarayonida Jahogir Abidovich, Pedru Moreyradan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida so'radi. O'z navbatida portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi shogirdlari bilan faqat maksimal natija uchun kurashishini takidlab o'tdi. 


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика