So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

Qaddingni ko'tar, Jiji. Sen baribir qahramon bo'lib qolasan Yangiliklar

Qaddingni ko'tar, Jiji. Sen baribir qahramon bo'lib qolasan

Sizningcha, Buffonning “Oltin to'p”, “Yuventus”ning CHempionlar Ligasi kubogini olishi haqiqatga qanchalik yaqin edi?

“Yuventus” so'nggi uch yil ichida CHempionlar Ligasining finaliga ikki marta etib keldi. Ammo har safar ispan grandlaridan mag'lubiyat qabul qilib oldi. Nima demoqchiman, “keksa senora” musobaqada zafar quchishi uchun o'sha uch yilda ko'proq haqli edi. O'shanda Allegri jamoasi “Tottenhem” kabilarni o'ziga yaqinlashtirmasdi, Turinda engib bo'lmas jamoa edi. Bu mavsumda esa “Yuventus” so'nggi 5 yillikdagi turg'unligini saqlab qola olmadi. Bir qator klublar uning uyidan gerdayib qaytishga muvaffaq bo'lishdi.

“Yuventus” Krishtining ilk to'qnashuvdagi fantastik golidan keyinoq engilib bo'lgandi. Aniqroq qilib aytganda, birgina gol yarim finalga kim ko'proq haqli degan savolni kun tartibidan olib tashlagandek ko'rindi. Biroq Parijning boyvuchcha klubidan farqli ravishda “Yuventus” o'zida kuch topa oldi va “Bernabeu”dagi 1 soati ichida 3 ta gol urib ulgurdi. SHu lahzalardan boshlab “Yuventus” keyingi bosqichga haqlidek ko'rindi. Ana endi yuqoridagi savolga yana qaytaman: so'nggi uch yillikdagi “Yuventus” kubokni olishga ko'proq haqli edimi yoki o'z uyida bir-ikki tarsaki qabul qilib ulgurgan bu yilgisimi?

Qo'shilaman, bu Buffon uchun so'nggi imkoniyat edi. Biroq o'sha lanati “Oltin kubok”ni baribir unga berishmayapti. Ammo u qahramon. Buffonni faqatgina italiyaliklar emas, “Yuventus”ni ko'rarga ko'zi yo'q futbol muxlislari ham tan olib ulgurgan. Demak, unga qahramonlikning “Oltin to'p”dan boshqa to'ni kiydirilishi kerak edi. O'sha to'n qizil kartochka bo'ldi.


Agar “Yuventus” shunchaki chempion bo'la olmaganida, biz Buffondek tajribali posbonga CHempionlar Ligasi kubogi nasib qilmagandi debgina eslab qolardik. Kechagi ish esa “Real”ning muvaffaqiyatini to'g'ri qabul qilganim holda aytaman, o'tmishga xayolan qaytishimizga katta tasir o'tkazadi. Yani, biz endi Jijiga kubok nasib qilmagan deb emas, unga kubokni berishmagan oxirgi o'yinida maydondan haydabgina, “Yuventus” darvozasiga gol urishgan deb eslab qolamiz. Buning farqi bor, menimcha.

Endi esa 2006 yilgi Jahon CHempionati finalini yodga oling. Zidan finaldagi o'sha voqeasiz ham biz uchun qahramon edi. Ammo uning Franciya termasidagi so'nggi o'yini qachon bo'lgandi degan savolga o'rin qoldirmagandi Zizu va o'sha olgan qizil kartochkasi bilan qahramonlik to'nini kiygandi. Jahon kubogi esa darvozasini Buffon qo'riqlagan Italiyaga nasib qildi. Finalgacha bo'lgan o'yinlar ko'rsatgandiki, Zidanni maydondan uloqtirib tashlamaguncha, Franciyani engish ilojsiz. Italiya esa buning osonroq yo'lini topa oldi.

Kecha Buffon xuddi Zidan kabi qahramonga aylandi. Qizig'i, 2006 yilgi finalda maydonni alam bilan tark etgan qadrdon do'sti Zidanning oldidan o'tib, o'zi alam bilan maydonni tark etdi. Bunday ajoyib intixo ham faqat buyuklarga nasib qiladi. Buffon esa mana shunday buyuk inson edi.

Faktan g'olib “Real” bo'lsa-da, zotan biz “Yuventus”ni qahramon deb bildik. Mana endi sizga boshqa bir savol: “Tottenhem”, “Yuventus” kabi jamoalardan engilayotgan “Real” chempionlikka haqlimidi yoki o'tgan yillardagi “Real”mi? So'nggi ikki yillikdagi gegemonlik “Real”ga qanchalik yarashgan bo'lsa, bu yil “Qirollik klubi” kamida chempionlikka munosib emasdek. Endi “Roma” vatandosh jamoasi uchun o'ynashi, Anchelotti ketganidan buyon Xaynkes bilan dahshatga aylanayotgan “Bavariya” javlon urishi, Gvardiolaning qo'rqinchli “Siti”sini ikki yilda 3 martalab taslim qilayotan “Liverpul” yangi tarix yozishi mumkindir balki. CHunki “Real” g'olib chiqsa, uning finalgacha qanday etib kelgani hali ko'p muhokama qilinishi mumkin. Hatto bunga “Real” futbolchilari aybdor bo'lmagan taqdirida ham.

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика