PSJning Mbappe bilan ishlari yakunlanmagan ekan
12 sen 21:21
Yangiliklar
PSJning Mbappe bilan ishlari yakunlanmagan ekan
PSJ futbol klubi Kilian Mbappe oldidagi qarzlarini yopishi kerak.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Real"ga o'tib ketgan futbolchi PSJdan shartnomasi bo'yicha soliqlardan tashqari bo'lgan so'nggi 3 oylik maoshi - 55 mln evroni talab qilayotgani borasida malumotlar paydo bo'lgandi. Ayni kunlarda bu summa to'lanmagan holatda turibdi.
Kecha Franciya professional futbol ligasi yuridik qo'mitasi klubga bu holatni tezroq bosti-bosti qilishni topshiriq sifatida yukladi. Futbolchi esa pullarni talab qilishda davom etmoqda.
Yaqin 8 kun ichida PSJ Kilian Mbappe oldidagi qarzlarini yopishi shart bo'lib turibdi.
Fikrlar