PSJ uy stadionini almashtiradi
09 fev 2024 18:30
Yangiliklar
Klub "Park de Prens"ni sotib olmoqchi edi, ammo bunga ruxsat berishmadi.
Parij hukumati 6 fevral kuni arenaning klubga sotilishiga qarshi ovoz bergan. Malum qilinishicha, "Pari Sen-Jermen" prezidenti Nasser Al Xelaifi jamoaning boshqa stadionga ko'chishi haqida ancha avval qaror qilishi mumkin edi. Biroq shahar hukumati stadion sotilishi bo'yicha aniq qarorini malum qilmagandi. Klub rahbari va unga yaqin insonlar PSJ uzoq muddatli loyiha deb hisoblashadi.
Al Xelaifining o'zi bu borada quyidagicha izoh berdi:
"Hozir stadion sotilmaydi deb, takidlayverish juda oson. Biz nimani istashimizni yaxshi bilamiz, biz "Park de Prens"ni sotib olish uchun yillar davomida vaqt sarfladik. Lekin hozir barchasi tugadi. Boshqa stadionga ko'chib o'tishni rejalashtiryapmiz".
Avvalroq, "Pari Sen-Jermen" klubi "Stad de Frans"ni sotib olishdan bosh tortgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar