So’nggi yangiliklar

10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  1 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  6 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  3 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  6 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  8 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  8 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  24 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  47 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3

PSJ nega aynan Husanovga qiziqib qoldi? Foot Mercato nashri Abduqodirga Parij klubidan bo'lgan qiziqish tafsilotlarini malum qildi Yangiliklar

PSJ nega aynan Husanovga qiziqib qoldi? Foot Mercato nashri Abduqodirga Parij klubidan bo'lgan qiziqish tafsilotlarini malum qildi

Dunyoga mashxur Foot Mercato nashri Abduqodir Husanovga Parijning PSJ klubi qiziqish bildirayotgani haqida yozdi.

Quyida Foot Mercato nashrining Abduqodir Husanovning ehtimoliy transferi bo'yicha yozganlarini to'liqligicha etiboringizga taqdim qilamiz:


PSJ vakili Luis Kampos Abduqodir Husanovga ko'z tikmoqda

PSJ klubining sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Luis Kampos keyingi transfer oynasi uchun himoyachi izlayotgan bir pallada "Lans" shahzodasi Abduqodir Husanovga o'zgacha etibor qaratmoqda. Foot Mercato malumotlariga qaraganda, Luis Kampos allaqachon "Lans" klubining ko'p narsa vada qilayotgan himoyachisining vakillari bilan uchrashishga ulgurgan.

Foto: PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi va klubning futbol ishlari bo'yicha maslahatchisi Luis Kampos


O'zbekistondan bo'lgan, keyinchalik Belarusda o'ynagan himoyachining bir qarashda hammadan ajralib turadi.  Futbolchining vakillari Abduqodirning iqtidoriga to'la amin bo'lgan holda uni "Lans" klubiga taklif qilishadi. "Lans" esa 2023 yilning yozida 100 ming evro evaziga kattagina mukofot "yutib oldi". Liga 1 uchun hali biroz yoshroq bo'lishiga qaramay, Husanov birinchi mashg'ulotlardanoq barchada ajoyib taassurot qoldirdi. "Lans" tarkibida 2023 yilning sentyabr oyida "Mec" jamoasiga qarshi debyut qilgan Husanov birinchi mavsumning o'zida tahminan 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Markaziy himoyada Kevin Dansoning vorisi sifatida ko'rilgan Husanov ayni damda tarkibning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. "Energetik-BGU" sobiq futbolchisi xayron qoldirishdan to'xtamayapti. Abduqodirning kamchiligi yo'q: qo'poldek ko'rinadi, shu bilan birga, texnikasi o'ta yuqori, to'pni olib qo'yish va yakkakurashlar bo'yicha u mutlaq etakchi. Bundan tashqari, raqib hujumchilari Abduqodirning bo'yi 1.86 metr (84 kg) bo'lishiga qaramay, uni deyarli biror marta ortda qoldira olganlari yo'q. 

Sentyabr oyidagi "Nicca"ga qarshi o'yindan keyin lansliklar darvozaboni Bris Samba Abduqodirga yaxshi tarif berdi: 

"Husanov haqiqiy maxluq. U bugun nimalar qilganini ko'rdingizmi? Abduqodir meni qo'rqityapti. Yo'q, yo'q, lekin bu rost. Yoshiga nisbatan u qilayotgan ishlar.."


Parijliklar Abduqodir Husanov variantini yuqori baholashmoqda

Eng yuqori darajaga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan Abduqodir Husanov "Lans"dagi eng qadrli o'yinchilardan biri bo'lishga yaqin turibdi. Foot Mercato malumotlariga ko'ra, Luis Kampos futbolchining yaqinlari bilan allaqachon uchrashishga ulgurdi, ammo PSJ tomoni hali biror taklif berganicha yo'q. Qishgi transferlar oynasida himoyachi xarid qilish niyatida bo'lgan parijliklar ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishlari mumkin. Abduqodirning "Lans" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. "Benfika" himoyachisi Tomas Arauxoning PSJga sotilmasligi portugal klubi tomonidan aniq takidlanganidan so'ng, Abduqodir varianti parijliklar uchun yaxshi muqobil bo'lishi mumkin. 

"Lans" nimani istamoqda?

Biroq, "Lans" o'z shahzodasining transfer qilinishiga rozi bo'larmikan? "Lans" klubi Neyl el Aynaui va Keyin Dansoning amalga oshmagan transferi sabab qishki transferlar oynasida o'z g'aznasini tahminan 40 mln evroga to'ldirishi lozim. Lekin "Lans" Abduqodir Husanovni bu qishda sotmoqchi emas. Ammo tahminiy narxi 20 mln evro bo'lgan Abduqodir PSJ qo'lga kiritishni istayotgan himoyachi hisoblanadi. Bu esa Parij klubi narxni yana ko'tarishi uchun etarli sabab. Yuqoridagi vajlar "Lans" o'z javohirini sotishi uchun etarlimi? Bu savolga bir necha haftadan so'ng javob topamiz. "Lans" Abduqodir Husanov bo'lmagan oxirgi ikki o'yinda beshta gol o'tkazganini inobatga olsak, voqealar rivoji ancha qiziqarli tus olishi aniq. 

Lekin bir narsa aniq va ravshan: 18 oy oldin "Lans" Abduqodir uchun to'lagan pul va hozir tilga olinayotgan summa o'rtasidagi fark – shunchaki dahshat!


Foot Mercato nashridan tarjima qilindi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика