So’nggi yangiliklar

11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  3 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2

Pro ligada VAR bo'lishi kerakmi? Anvar Berdiev o'z taklifini bildirdi Yangiliklar

Pro ligada VAR bo'lishi kerakmi? Anvar Berdiev o'z taklifini bildirdi

Qishki yig'in pallasida jamoalarimiz o'z viloyatlarida “Viloyat Hokimi Kubogi” musobaqalarida ishtirok etish anana tusiga kirgan.

Anvar Berdiev ustozligidagi “Oq bo'rilar” Hokim Kubogi finalida “Lochin QDU” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan o'yinda g'uzorliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi va bosh sovringa ega chiqdi. G'uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev bu haqida o'z fikrlarini bildirdi. 


- Pro liga bahslariga ko'rilayotgan hozirlik haqida...

- Jamoamiz 7 yanvar kuni yig'ildi. 30 yanvargacha bo'lgan mashg'ulotlarda asosiy etiborni jismoniy holatimizni tiklashga qaratdik. Bu oraliqda "Mashal" va "Nasaf" U-21 jamoalari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdik. SHu bilan tayyorgarligimizning birinchi bosqichini yakunladik. Ikkinchi bosqichda "Hokim Kubogi"da ishtirok etish ayni muddao bo'ldi. 7-17 fevral kunlarida bu turnirda finalgacha etib borib g'olib chiqdik. Bundan so'ng 3 kunlik tanaffus berdik va 21 fevral sanasidan uchinchi bosqichga kirishdik. Endilikda mart oyigacha o'z qarorgohimizda shug'ullanamiz. Asosiy etibor bo'lajak o'yinlarga qaratiladi. Tayyorgarlik jarayonida qilishimiz kerak bo'lgan barcha ishlarni amalga oshirdik. Buning uchun klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. 

- Qaysi poziciyalarni kuchaytirishga harakat qilyapsiz?

- Tarkibimizda o'zgarishlar yuz berdi. "SHo'rtan" jamoasi oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yildi. Har bir chiziqni kuchaytirishga harakat qildik. O'zimizga kerakli futbolchilar bilan shartnoma tuzdik. O'ylaymanki, ular bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz. 

- Pro ligada 8ta jamoa ishtirok etadi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Pro ligada 8ta jamoa 4 davra o'ynaydi. O'yinlar ko'paygani ancha xursand qiladi. Futbolchilarimiz shunga qarab ham astoydil tayyorlanishyapti. Pro ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Jamoalar kamaygani har bir o'yin shiddatli o'tishini taminlaydi. 

- Pro liganing asosiy muammosi nimada, deb o'ylaysiz?

- Men rahbar emasman. O'zimning taklifim, markaziy o'yinlarga VAR tizimi qo'llanilganida yaxshi bo'lar edi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика