So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

Pro Liga UzReport Tv va Futbol TV'da namoyish etiladi Yangiliklar

Pro Liga UzReport Tv va Futbol TV'da namoyish etiladi

O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda UZREPORT TV o'rtasida Pro liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo'yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnoma 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. 

UZREPORT TV futbol ishqibozlarining milliy futbolimizga bo'lgan qiziqishlaridan kelib chiqib, shuningdek, mamlakat futboli rivojiga hissa qo'shish maqsadida O'zPFLga taklif bilan chiqdi. Bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar yakunida ikki tomon o'zaro manfaatli kelishuvga erisha oldi. 

Endilikda, joriy yilning 1 avgustidan boshlab UZREPORT TV  Pro liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlarni UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etadi. Kelishuvga ko'ra, uchrashuvlarni jonli translyaciya qilish hajmi yildan-yilga ortib boradi.

Sizga sir emaski, pandemiya davrida jismoniy faollik va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yuzasidan harakatlar davom etmoqda. Ammo futbol muxlislarining stadionlarga tashrifi masalasi hozircha kun tartibida emas. Mana shunday sharoitda Pro liga uchrashuvlarining namoyish etilishi liga manfaatlari uchun xizmat qiladi. Qolaversa, endilikda tomonlar Pro liga musobaqasi uchun titul va rasmiy homiylar masalasida ham o'zaro hamkorlik qiladi. Bu esa tabiiyki, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga bosqichma-bosqich amal qilish, Superligada bo'lgani kabi yirik kompaniyalar bilan shartnoma imzolash imkoniyatini yaratadi.

Hamkorlikdagi asosiy masalalardan biri Pro liga saviyasini ko'tarish va uni maksimal darajada Superligaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Har ikki liga o'rtasidagi raqobatdan O'zbekiston Professional futbol ligasi manfaatdordir. Qolaversa, endilikda Pro liga klublarida ham o'zini namoyon etish, mazkur liga futbolchilarida esa terma jamoa murabbiylari nazariga tushish imkoniyati paydo bo'ladi. 

UZREPORT TV  va O'zPFL faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Pandemiya tartiblarining yumshashiga qarab, stadionlarga muxlislarni qaytarish, ularning uchrashuvlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish yo'nalishlarida ham ish olib boriladi.

Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика