Prevyu. Toshkentda "sherlar" "ajdarlar"ga qarshi
08 mar 2024 08:18
Yangiliklar
Prevyu. Toshkentda "sherlar" "ajdarlar"ga qarshi
Bu jamoalar Superligada hozirga qadar 54 marta to'qnash kelishgan. "SHerlar" 30ta uchrashuvda, "ajdarlar" esa 11ta o'yinda zafar quchishgan. Yana 13ta bahsda tomonlar g'olibni aniqlay olishmagan. O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" 79ta gol urgan va 48ta gol o'tkazgan. "SHerlar" oxirgi marta 2021 yilgi mavsumda bu jamoani mag'lub eta olishgan, shundan keyin o'tgan 4ta uchrashuvning hech birida "ajdarlar" yutqazishmagan.
"Nasaf" Toshkentda o'tgan 28ta o'yinning 2tasida g'alaba qozongan (2001 va 2022 yillar).

"Paxtakor" 1-turda "Surxon"ni 3:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, "Nasaf" o'z uyida "Olimpik" darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi - 2:0.
Toshkentda o'tgan oxirgi 5ta o'yin:
03.11.2023 "Paxtakor" – "Nasaf" 1:1
02.10.2022 "Paxtakor" – "Nasaf" 0:1
06.08.2021 "Paxtakor" – "Nasaf" 1:0
21.08.2020 "Paxtakor" – "Nasaf" 4:1
05.04.2019 "Paxtakor" – "Nasaf" 2:1
"Paxtakor" - "Nasaf"
08.03.2024. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 17:15
Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev.
Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Rustam CHoriev.
VAR hakami: Asker Najafaliev.
AVAR hakami: Ruslan Serazitdinov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Jamshid Imamov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar