So’nggi yangiliklar

08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  6 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  2 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  1 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9

PREVYU. "Surxon" va "Dinamo" jamoalarining o'zaro 25-o'yinida kimning qo'li baland keladi? Yangiliklar

PREVYU. "Surxon" va "Dinamo" jamoalarining o'zaro 25-o'yinida kimning qo'li baland keladi?

Superliganing 7-turida Surxondaryoning “Surxon” jamoasi Toshkentda "Dinamo”ni qabul qiladi

O'zaro o'yinlar tarixi

Samarqand va Termiz klublari Oliy liga va Superliga tarixida jami 24 o'yinda o'zaro maydonga tushgan. Jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv 1992 yil 17 aprel kuni bo'lib o'tgan va uchrashuv Samarqand jamoasining g'alabasi bilan yakun topgan. Raqiblarning uzoq vaqt o'zaro o'ynamagani sababi 2005-2017 yillar davomida «Surxon» klubining yuqori divizionda to'p surmagani sabab bo'lgan. Jami 24 o'yindan 10 bahsda «Dinamo»ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda «Surxon» ustun kelgan. 5 o'yinda durang qayd etilgan. "Dinamo" "Surxon" darvozasiga 33ta to'p kiritgan bo'lsa, Surxon yigitlari 31ta zarba bilan javob qaytara olishgan. O'zaro qarama-qarshilikda "Dinamo"ning eng yirik g'alabasi 4:1, "Surxon"ning eng yirik g'alabasi esa 8:0 ko'rinishida qayd etilgan.

Jamoalar o'tgan mavsum turli ligalarda ishtirok etishgani sababli o'zaro to'qnash kelishmadi. «Surxon» va «Dinamo» o'rtasidagi so'nggi uchrashuvda Samarqand jamoasi 2022 yilda «Surxon»ni Toshkentda 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Yomg'irli ob-havoda o'tkazilgan uchrashuvda Marat Bikmaevning xet-triki va Abdujamol Isroilovning gollari Samarqand jamoasiga g'alabani taminlab bergandi.



So'ngi o'yin

Coca Cola Superliga. 25-tur

"Surxon" — "Dinamo" 1:4

7 noyabr 2022 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 14:00

Hakamlar: Vadim Agishev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Abdujamol Isroilov 16, - 0:1. Marat Bikmaev 28, - 0:2 (Bobur Mamadaminov). Marat Bikmaev 40, - 0:3 (SHohruh Abdurahmonov). Marat Bikmaev 57, - 0:4. Ruben Sanches 88 penalti, - 1:4.

"Surxon": 13.Azizxon Isoqov, 3.Bobirjon Akbarov, 4.Javohir Sohibov, 6.Jahongir Ahmadov (11.Luis Migel, 46), 7.Islomjon Toshpo'latov, 10.Murodbek Bobojonov, 14.Ruben Sanches Peres, 19.Nuriddin Hasanov (23.Abdulaziz Yusupov, 66), 26.Ulug'bek Abdullaev, 66.Behruz SHaydulov, 99.Komron Saydazimov.

Zaxira: 1.Azamat Ahmedov, 2.Zoir Jo'raboev, 17.Ibrohim G'anixonov, 20.Iqboljon Malikjonov, 31.Asilbek Temirov, 33.Tohirjon SHamshitdinov, 55.SHarafiddin SHobirov.

"Dinamo": 1.Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (18.Mehriddin Musurmonov, 65), 7.SHohruh Abdurahmonov (21.SHohruh Mahmudhojiev, 87), 11.Sahob Rashidov (9.To'lqin Ergashev, 65), 15.Jo'rabek Mannonov (19.Islom SHaripov, 75), 16.Bobur Mamadaminov, 17.Erkin Baydullaev (88.Evgeniy CHumak, 87), 22.Abdujamol Isroilov, 27.Marat Bikmaev, 78.Elguja Grigalashvili.

Zaxira: 12.Miloe Prekovich, 4.Doston Foteev, 8.Azim Mirzaev, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

Ogohlantirishlar: Erkin Baydullaev 42, SHohruh Abdurahmonov 42, Elguja Grigalashvili 45, Kamron Saydazimov 52, Murod Bobojonov 82, To'lqin Ergashev 84, Mixaylo Yovanovich 87, Abdulaziz Yusupov 90+2.



Etiboringizga, jamoalarining o'zaro so'ngi beshta uchrashuvini havola qilamiz

07.11.2022 "Surxon" - "Dinamo" 1:4

18.06.2022 "Dinamo" - "Surxon" 1:3

29.04.2021 "Dinamo" - "Surxon" 3:1

27.11.2019 "Dinamo" - "Surxon" 2:1

01.06.2019 "Dinamo" - "Surxon" 5:0


Joriy mavsumdagi natijalar

"Surxon" jamoasida mavsum avvalida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Yangi mavsumni esa "Surxon" juda yomon boshladi. Dastlabki turda "Paxtakor"dan 0:3, keyin esa "Qizilqum" va "Andijon"dan 1:2 va 2:3 hisobida uchralgan mag'lubiyatlar Fevzi Davletov jamoasini ko'p tanqid qilishlariga sabab bo'ldi. Faqatgina to'rtinchi turga kelib "Surxon" vaziyatni o'nglab oldi. Namanganga safar qilgan "tulpor"lar "Navbahor" bilan 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etishdi va mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritishdi. Beshinchi turda esa OKMK 2:1 hisobida taslim etildi. So'ngi bahsda "Bunyodkor" jamoasi bilan to'qnash kelgan "Surxon", yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Surxon" jamoasi 6 uchrashuvda 2ta g'alaba, 1ta durang va 3ta mag'lubiya qayd etishdi va 7 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-o'rnini egallab turibdi.


"Dinamo" bir yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytdi. Vadim Abramov shogirdlari mavsumning dastlabki uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashdi. Birinchi turda "Navbahor"ga 1:3, keyinchalik "Neftchi" 0:1 va OKMK 1:3 hisobida samarqandliklarni mag'lub etishga muvofaq bo'ldi. To'rtinchi turda "Dinamo" mavsumdagi ilk g'alabasi va ilk ochkolarini qo'lga kiritdi. Vadim Abramov jamoasi Bekobodning "Metallurg" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Superliga doirasidagi so'ngi uchrashuvda esa "Bunyodkor" bilan murosa ko'chasi tanlandi, yakuniy hisob 0:0. SHunday qilib, "Dinamo" 5ta uchrashuvda 1ta g'alaba, 1ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa 4 ochko bilan musobaqa jadvalining 12 o'rnini band etgan.


O'zbekiston kubogidagi ishtirok

"Surxon" jamoasi O'zbekiston kubogi guruh bosqichida "E" guruhidan joy oldi va "Lokomotiv-BFK", "CHig'atoy, "Olimpik" jamoalariga qarshi keyingi bosqich yo'llanmasini uchun kurashdi. Birinchi turda "Olimpik" bilan gollarsiz durang qayd etildi. Ikkinchi turda esa "CHig'atoy" 2:1 natijasi bilan taslim etildi. So'ngi turda esa "Lokomotiv-BFK" yirik 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Fevzi Davletov shogirdlari guruhda 2ta g'alaba va 1ta durang qayd etishdi va 7 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi.

"Dinamo" esa O'zbekiston kubogining "o'lim" guruhidan joy oldi. Amaldagi kubok sohibi "Nasaf", ikki mavsum avvalgi finalchi "Navbahor" va "Andijon" kabi jamoalar bilan bir guruhdan joy oldi. Birinchi turda "Andijon" bilan 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Ikkinchi turda esa kubok sohibi "Nasaf" bilan jangovar durang 3:3. So'ngi turda esa "Navbahor" bilan 1:1. "Arslon"lar guruh bosqichda 3ta durang qayd etdi va uch ochko bilan guruhda qolib ketishdi. Qizig'i shundaki, "Dinamo" guruhda hech qaysi raqibiga mag'lub bo'lmadi, ammo o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunlashga majbur bo'ldi.


Ekspert fikri

7-tur eksperti, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Jafar Irismetov "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi:

- "Surxon" mavsumni yomon boshladi. Keyinchalik sekin-asta natijalarini yaxshi holatga keltirib oldi. Mazkur bahsda termizliklarning qo'li baland keladi deb o'ylayman. "Dinamo"ga barqarorlik etishmayapti. O'yini yaxshi, natija yo'q. Bugungi uchrashuvda "Surxon" 2:1 hisobida g'alaba qozonsa kerak.


Muallif taxmini

"Surxon" vaziyatni tiklab oldi va sekin astalik bilan o'tgan mavsumdagi rejimga o'tmoqda. "Dinamo"ga esa stabillik etishmayapti, lekin shunga qaramay Vadim Abramov jamoasi ancha tartibli o'yin namoyish etmoqda. Bugungi uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etilsa kerak.

Surxon — Dinamo

13 may, 19:00

Bosh hakam: Sardor Ismatullaev

Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Anvar Marajabov

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Nikita Mustafin

Nazoratchi: Ravil SHoahmedov

Komissar: Bekzod Aripov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика