So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Prevyu. "Metallurg" 2017 yildan buyon Farg'onada gol ura olmayapti Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" 2017 yildan buyon Farg'onada gol ura olmayapti

Superliganing 3-turida Bekobodning "Metallurg" klubi Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

Bu ikki klub hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 46 marta to'qnash kelishgan. 26 ta o'yinda farg'onaliklar zafar quchishgan. 11 ta bahsda bekobodliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 9 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. O'zaro o'yinlarda "Neftchi" 79 ta gol urgan va 41 ta gol o'tkazgan.

Farg'onadagi so'nggi 7 ta uchrashuvning faqat bittasida "Metallurg" g'olib bo'lgan (2017 yil). Bekobod klubi Farg'onadagi oxirgi 3 ta uchrashuvda umuman gol ura olmagan.

Farg'onada o'tgan oxirgi 5 ta o'yin:
29.07.2023 "Neftchi" – "Metallurg" 1:0
22.05.2022 "Neftchi" – "Metallurg" 3:0
24.04.2018 "Neftchi" – "Metallurg" 0:0
25.06.2017 "Neftchi" – "Metallurg" 0:2
01.07.2016 "Neftchi" – "Metallurg" 1:0

"Neftchi" dastlabki tur safarda "So'g'diyona" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi, 2-turda yana Jizzaxda "Dinamo"ni taslim qildi - 1:0. "Metallurg" ilk turda "Lokomotiv" mehmoni bo'lib durang o'ynadi - 2:2. Keyin o'z "uyida" "So'g'diyona" bilan murosa ko'chasini tanladi - 0:0.


"Neftchi" — "Metallurg"
15 mart 2024 yil. Farg'ona, "Istiqlol". 18:30
Bosh hakam:
G'ayrat Jo'raev
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR hakami: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

O'zFHM mazkur bahsga G'ayrat Jo'raevni bosh hakam etib tayinladi. VAR hakami sifatida Akobirxo'ja SHukurullaev ishlaydi. Etiborlisi 2022 yilgi "Neftchi" - "Metallurg" uchrashuvida ham aynan G'ayrat Jo'raev bosh hakam bo'lgan edi. O'shanda farg'onaliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Ushbu uchrashuvda "Neftchi" safida gollardan birini urgan Sirojiddin Qo'ziev bugungi kunda "Metallurg" safida o'ynamoqda.



Neftchi

Ketelin Karp - 88'

Superliga. 3-tur

15/03/2024, 18:30

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
8'  Ketelin Karp
46'  Bilol Toshmirzaev (Mixay Roman)
56'  Mixay Roman
59'  ZHasur ZHaloliddinov (Diyor Turopov)
71'  ZHasur ZHaloliddinov (Husayin Norchaev)
71'  Mirzohid G’ofurov (Manuchexr Safarov)
88'  Ketelin Karp
88'  Boyan Siger
90'  ZHavohir Qahramonov (G’ulomhaydar G’ulomov)
90'  Diyor Turopov
64'  Iskandar SHaykulov
72'  Iskandar SHaykulov (Kerim Palich)
79'  Sardor Abduraimov (Marko Milichkovich)
86'  Davronzhon Ergashev
90'  Xudoyshukur Sattorov (Daler Sharipov)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика