So’nggi yangiliklar

23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  0 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6

Prevyu. “Cementchi” – “Andijon” Yangiliklar

Prevyu. “Cementchi” – “Andijon”

Teglar :  CementchiAndijon
Ertaga birinchi liganing 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Muxlislarni shubhasiz “Cementchi” – “Andijon” uchrashuvi katta hayajon ostida ushlab turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Boisi oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan ushbu ikki jamoa o'rtasidagi bahs keskin va murosasiz o'tishi tayin. Quvasoyliklar hozirgacha 5ta o'yin o'tkazib, 100 foizli natija qayd etishgan bo'lsa “burgutlar” chempionatning birinchi turida safarda “G'allakor” bilan durang qayd etgani ayni damda peshqadam bilan 2 ochko farqni keltirib chiqarmoqda. SHuning uchun ertangi bahsda Vitaliy Legay shogirdlari qanday bo'lmasin Quvasoyda mezbonlarni taslim etib, peshqadamga aylanib olishni o'ylamoqda. Lekin Abdumalik Hakimov boshqaruvidagi “Cementchi” ham o'z maydonida osonlikcha ochko ulashmaydi. SHunday ekan chorshanba kuni muxlislar haqiqiy “jang”ga guvoh bo'ladi. Har xolda har ikki jamoa futbolchilari ham turning markaziy o'yiniga astoydil hozirlik ko'rayotganini bildirmoqda.

“Cementchi” ertangi raqibi “Andijon” bilan shu kungacha ikki marta 2003 yili oliy ligada to'qnash kelgan. Jamoalarning dastlabki uchrashuvi Quvasoyda bo'lgan. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Ikkinchi davradagi bahsda esa andijonliklar yirik – 4:0 hisobida muvaffaqiyat ga erishgan.
O'ylaymizki, o'sha uchrashuvlardagi tarkib ishqibozlarni qiziqtirmasdan qolmaydi. SHunday ekan tarixga nazar tashlaymiz.

13.04.2003 yil
Oliy liga 4-tur
“Cementchi” – “Andijon” 2:1 (0:0)
Quvasoy. “Cementchi” stadioni 5000 tomoshabin.
Hakam:
G'ayrat Karimov, 8,6.
Gollar: Seyran Gafarov, 74 – 0:1. Timur Hamidov, 78 – 1:1. Timur Hamidov, 82 – 2:1.
“Cementchi”: Andrey Baklanov, Timur Hamidov, Lutfullo Haydarov, Erkin Ahmedov (G'ayrat Raimjonov, 89), Aziz Mamajonov ( Igor Burov, 55), Suhrob Solohitdinov, Abdumalik Hakimov, Oleg Burov, Alfred Zokirov, Denis Kopadze (Yodgor Akbarov, 70), Murod Ismoilov.
“Andijon”: Qobiljon Olimjonov, SHerzod SHaripov, Andrey Zaxarov (Nurali Nurullaev, 76), Rustam Qurbonboev, Igor Kichigin, Pavel Zotov, Afzal Azizov, Seyran Gafarov, Asqar Jadigerov (Sanjar Asqaraliev, 24), Farid Xabibullin, Ilnur Xazigaliev (Stanislav Borisenko, 64).
Ogohlantirishlar: Ilnur Xazigaliev, 16. Erkin Ahmedov, 30. Farid Xabibullin, 70. Andrey Baklanov, 86.


17.10.2003 yil
Oliy liga 27-tur
“Andijon” – “Cementchi” 4:0 (1:0).
Andijon. “Navro'z” stadioni 7000 tomoshabin.
Hakam:
Arslon Hotamov, 8,4.
Gollar: Baxtiyor Hamidullaev, 32. Rustam Qurbonboev, 57. Vadim Kotelnikov, 65. Baxtiyor Hamidullaev, 67.
“Andijon”: Boris Beloshapka, SHerzod SHaripov, Maruf Po'latov (Pavel Zotov, 77), Rustam Qurbonboev, Afzal Azizov, Seyran Gafarov, Baxtiyor Hamidullaev, Vadim Kotelnikov, Ilnur Xazigaliev (Stanislav Borisenko, 83), Qahramon Abduqodirov (Isroil Tursunov, 58), Sanjar Asqaraliev.
“Cementchi”: G'ayrat Hasanov, G'ayrat Raimjonov, Lutfullo Haydarov, Ilhom Zaylobiddinov, Erkin Ahmedov, Suhrob Solohitdinov, Abdumalik Hakimov, Arslon Tolipov (Denis Kopadze, 29), Alfred Zokirov (Sergey Radkevich, 77), Murod Ismoilov, Yakub Memetov (Oleg Burov, 46).
Ogohlantirish: Ilnur Xazigaliev, 82.   

Tarkibga etibor qaratgan bo'lsangiz mazkur uchrashuvlarda Sanjar Asqaraliev “Andijon” safida xarakat qilganini ko'ramiz. Oradan 14 yil o'tib uni yana andijonliklar safida “Cementchi”ga qarshi o'ynashini kim ham o'ylabdi deysiz.

Bundan tashqari “Cementchi” tarkibida  xarakat qilgan Abdumalik Hakimovning oradan shuncha vaqt o'tib, jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlashi ham etiborga molikdir.

Eski raqiblarning yangi to'qnashuvi ertaga Quvasoydagi “Cementchi” stadionida soat 16:30da boshlanadi.  


“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика