So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  11 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  3 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  59 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Predrag Rogan "Neftchi" bilan o'yindan keyin: "Muxlislar oldida uyatdamiz" Yangiliklar

Predrag Rogan "Neftchi" bilan o'yindan keyin: "Muxlislar oldida uyatdamiz"

O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi Dinamo - Neftchi (0:2) o'yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Predrag Rogan matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, «Neftchi»ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz g'alaba uchun hech narsa qila olmadik. Futbolda g'olib bo'lish uchun maydonda raqibdan ustunligingni isbotlashing kerak. Bugungi o'yinimiz uchun muxlislar oldida uyatdamiz. Biz hali juda ko'p ishlashimiz shart.

O'yin boshlanganidan keyin ilk soniyalardayoq gol o'tkazib yuborganimiz ham tasir qildi. Jamoa tarkibi asosan yoshlardan iborat, bunday pallada tezkor gol ularning ruhiy holatiga tasir etmay qo'ymaydi. Bu borada ham ish olib borishimiz kerak. Bu bahona sifatida ko'rinishi mumkin, ammo tarkibimiz yangi, jamoa yangi, ularning maydonda yaxshiroq til topishishlari uchun vaqt talab etiladi. Umuman olganda, bugun qilishimiz bo'lgan ishlarni bajara olmadik. Buning uchun muxlislardan uzr so'rayman. Ertaga yangi kun, bu bahsni unutib, bor etiborimizni keyingi o'yinlarga tayyorgarlikka qaratamiz, - dedi Predrag Rogan.

Usmon Ibodov yozib oldi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика