Portugaliyada o'yin vaqtida oq kartochka ko'rsatildi
23 jan 2023 18:23
Yangiliklar
Portugaliyada o'yin vaqtida oq kartochka ko'rsatildi
Futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi Portugaliya Kubogida "Sporting" va "Benfika" to'qnash keldi.
Bellashuv davomida futbolchilardan birining mazasi qochib qoladi va har ikki klub shifokorlar shtabi vakillari yordamga shoshishdi. Hakam esa oq kartochkani olib ko'rsatdi, bu holat tribunadagi muxlislar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Keyinroq malum bo'ldiki, referining bunday harakati halol o'yin va insoniy harakatlarni o'ziga xos tarzda taqdirlash uchun o'ylab topilgan.
Oq kartochkalar — Portugaliya futboli tashabbusi. Sariq va qizil kartochkalar jazolash uchun bo'lsa, oq kartochka esa halol futbolni ilgari suradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar