Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati. Yaponiya va Eron keyingi bosqichda
06 may 13:59
Yangiliklar
Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati. Yaponiya va Eron keyingi bosqichda
Malumot uchun, ushbu mundialda 16ta terma jamoa ishtirok etyapti. O'rinlar quyidagicha taqsimlangan:
Osiyo (3ta) - Eron, Yaponiya, O'mon.
Evropa (4ta) - Belarus, Italiya, Portugaliya, Ispaniya.
Afrika (mezbon + 2ta) - Seyshel orollari, Mavritaniya, Senegal.
Shimoliy Amerika (2ta) - El Salvador, Gvatemala.
Janubiy Amerika (3ta) - Braziliya, Paragvay, Chili.
Okeaniya (1ta) - Taiti.
Hozirgi paytga kelib ikkita guruhda uchrashuvlar tugadi. A guruhidan Belarus va Yaponiya, B guruhidan esa Portugaliya va Eron keyingi bosqichga yo'l oldi.

Yaponiya terma jamoasi guruhda Gvatemalani 6:2, mezbon Seyshel orollarini esa 10:2 hisobida mag'lub etdi, faqat Belarus bilan o'yinda 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi.

Amaldagi Osiyo chempioni Eron dastlab Mavritaniyadan 5:4, so'ngra Paragvaydan 5:1 hisobida ustun kelib, oxirgi turda Portugaliyaga 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bugun C va D guruhlarida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. C guruhida Senegal - Chili, Taiti - Ispaniya hamda D guruhida El Salvador - Italiya, O'mon - Braziliya uchrashuvlari o'tkaziladi.

8 may kuni bo'lib o'tadigan chorak finalda Belarus - Eron, Portugaliya - Yaponiya qarama-qarshiligini ko'ramiz. Keyingi ikkita juftlik bugungi bahslardan so'ng malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatining hal qiluvchi final bahsi 11 mayga belgilangan. Yana bir malumot, o'yinlar Adidas CNXT25 PRO to'plarida o'ynalyapti.
Bu hisob bo'yicha 13-marta o'tkazilayotgan Jahon chempionati. Avvalgi mundialda Braziliya g'oliblikni qo'lga kiritgan.


X.Xoliqov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar