Chexiya terma jamoasi mashg'ulotga piyoda yo'l oldi

11 iyun 2026, 22:59
JCH-2026 boshlanmasdan muammolar davom etadi.

Mundial ishtirokchisi bo'lgan Chexiya milliy terma jamoasi kutilmagan holatga duch keldi. Jamoa avtobusi mashg'ulot bazasiga yo'l olgan vaqtda yo'l tirbandligi sabab uzoq vaqt harakatsiz qolib ketgan.

Natijada futbolchilar va murabbiylar vaqtni boy bermaslik uchun avtobusni tark etib, mashg'ulot maydoniga piyoda yo'l olishdi. Ma'lum qilinishicha, avtobus qariyb bir soat davomida tirbandlikda qolib ketgan.

Shundan so'ng Chexiya terma jamoasi a'zolari mashg'ulotni o'z vaqtida boshlash maqsadida qolgan masofani piyoda bosib o'tishga qaror qilishgan.

Chexiya mundialdagi ilk o'yinini ertaga o'tkazadi. Bizning vaqt bilan 7:00da start oladigan uchrashuvda yevropaliklarni Janubiy Koreyaga qarshi o'yin kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun