Pikening klubi yanada yuqoriroq divizionga ko'tarildi
29 iyu 2019 23:35
Yangiliklar
Pikening klubi yanada yuqoriroq divizionga ko'tarildi
Kataloniyaning Reus Deportivo klubi moliyaviy muammolar sabab Ispaniyaning uchinchi diviziondan chetlatildi va uning chempionatdagi o'rni sotuvga qo'yildi.
«Barselona» himoyachisi Jerar Pikening kompaniyasi bo'lgan Kosmos ushbu savdoda qatnashib, yutib chiqdi hamda kerakli bo'lgan 452 ming evro miqdoridagi mablag'ni mamlakat futbol federaciyasiga o'tkazib berdi. Endi Pikega tegishli bo'lgan «Andorra» klubi yangi mavsumni Segunda B'da boshlaydi.
Ispaniyalik futbolchi mazkur jamoani sotib olgan vaqtida, klub beshinchi divizionda bo'lgan, O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Andorra» musobaqada peshqadam bo'lib, to'rtinchi divizionga ko'tarilgandi.
Malumot o'rnida, Jerar Pike ushbu jamoasiga zaxira sifatida «Ximnastik de Manresa»ni xarid qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar