So’nggi yangiliklar

19:20Футбол академиялари ўртасидаги Ўзбекистон кубоги ўз ниҳоясига етди  0 18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  1 17:58Про лига. 1-тур ўйинлари саналари маълум  1 17:27АПЛ клуби “Ювентус" ҳужумчисини трансфер қилишга тайёр  1 16:49Гвардиола дисквалификация туфайли иккита ўйинни ўтказиб юборади  3 16:13"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин  15 15:44Футболнинг нони қаттиқ  4 15:21"Футбол олами". Маош йўқми? Ўйнамаймиз!   0 15:18Мирзаев, Мўминжонов, Ортиқов, Қиличев... "Металлург" раҳбарияти ва мураббийлар штаби таништирилди  1 15:06"Машъал" – "Қизилқум" учрашуви Ғузорда ўтказилмайди  3 14:34Эмери "Астон Вилла"дан кетиши мумкин  6 13:41Натан Аке "Барселона"га ўтиши мумкин  6 13:07Тиагу Мотта "Тоттенхэм"ни бошқариши мумкин  2 12:28"Бавария" ва "Интер" Германия терма жамоаси вингерига даъвогарлик қилмоқда  0

Abdurauf Bo'riev: "O'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga g'alaba uchun chiqish kerak" Yangiliklar

Abdurauf Bo'riev: "O'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga g'alaba uchun chiqish kerak"

"Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev Championat.asia saytining bir qator savollariga javob berdi.

– "Obolon"ga qarshi o'yin qanday o'tdi?

– Bugungi o'yin yaxshi o'tdi, "kurash"ga ko'proq urg'u berildi. Hamma o'yinga berilib ketib, hissiyotlarini yashira olmadi, shu bois jangovar bo'ldi. Natijaga keladigan bo'lsak, yutqazdik. Bu yaxshi emas. Chunki o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham maydonga g'alaba uchun chiqish kerak. Biroq xatolarimizni o'rganib, nazariya orqali tahlil qilamiz.

– Bunaqa qiziqqonlik Superligada zararga ishlashi mumkin.

– Albatta. Chunki jamoaga salbiy tasir qilishi mumkin, eng keraklisi bu – natija. 

– Jamoa o'yinida o'zgarishlar bor. Ketma-ket o'yinlar va mashg'ulotlar charchatib qo'ymayaptimi?

– O'zimizda iroda topishimiz kerak. Chunki yig'in chempionatga tayyorgarlik maqsadida tashkil etiladi, maksimal darajada kuch yig'ishimiz kerak. Chunki Superliga uzoq davom etadi. Shu bois, kuch yig'ib, Xudo xohlasa, chempionatga tayyor bo'lamiz.

– Maydonni sog'ingan Abdurauf Bo'riev deymiz-da! Hozir mashg'ulotlarni asta-sekin boshlayapsizmi?

– Ha, albatta. Jarohatim bor edi. Safga kecha qo'shildim. Bugun yakka tartibdagi mashg'ulot o'tdik. Keyingi o'yingacha jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilaman.

– Jamoa muxlislariga tilaklaringiz... Yangi mavsumni "Paxtakor" stadionida boshlasangiz kerak?

– Albatta, sevimli "Paxtakor" stadionimizda boshlaymiz. Muxlislar bizning 12-o'yinchimiz. Har bir o'yinda ularni muxlislik qilib turganini his qilamiz. Ularning yuzini erga qaratmagan holda har musobaqada chempionlikka harakat qilamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

   
13 fev 21:44:13
Адхамжон Низамов
Стадионга кирадиган мухлислар борми узи.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика