Pike “Real” ustidan qozonilgan yirik g'alabani esga oldi. Kasilyas unga javob qaytardi
03 may 2020 07:28
Yangiliklar
Pike “Real” ustidan qozonilgan yirik g'alabani esga oldi. Kasilyas unga javob qaytardi
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike kataloniyaliklarni 2009 yilgi mavsumda “Real” ustidan qozonilgan yirik g'alabasini yodga oldi.
Bundan roppa-rosa 11 yil ilgari “Barselona” safarda – “Santyago Bernabeu”da qaymoqranglilar ustidan yirik 6:2 hisobida g'alaba qozongandi. O'shanda madrdiliklar darvozasiga kiritilgan oltinchi golga Jirar Pike mualliflik qilgandi.
Pike “11 yil” deya yozib, ushbu o'yindan olingan videokadrni o'zining Tvitterdagi sahifasiga joyladi.
Kataloniyaliklar vakiliga o'sha paytda “Real” darvozasini qo'riqlagan Iker Kasilyas darhol javob qaytardi.
“11+2=13” deya yozib “Real”ning ECHLdagi 13 ta g'alabasiga shama qildi Kasilyas.
Ayni paytda Pikening posti 34,4 mingta “layk” to'plagan bo'lsa, Kasilyasni qaydi 32,9 ming kishiga yoqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar