So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

SHahboz Beg'amov: PFL Pro-liganing 5 yillik media va tijorat huquqlarini O'zReportga qancha miqdorda sotganini elon qilishi kerak Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: PFL Pro-liganing 5 yillik media va tijorat huquqlarini O'zReportga qancha miqdorda sotganini elon qilishi kerak

Pro-liga translyaciya masalasi O'zReportga o'tgani juda yaxshi va quvonchli xabar.

Birinchidan, nihoyat endi Superliga tayanchi bo'lgan ligaga etibor o'z-o'zidan oshadi.

Ikkinchidan, bu Pro-liga jamoalariga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat. Qo'shimcha motivaciya.

Uchinchidan, Superliga jamoalari uchun ham qulay. Endi bemalol translyaciya orqali o'yinlarni tomosha qilish va iqtidorlarni payqash oson bo'ladi. Futbolchilargaku ikki karra qo'shimcha ishtiyoq paydo bo'ladi.

O'z-o'zidan jamoalar, mutasaddilar o'z ishlariga munosabatni yanada o'zgartirib, jiddiyroq yondoshishadi. Pro-ligada o'ynovchi jamoa yoki futbolchilar endi etibordan chetda qolmaydi. Pro-ligada ishlovchi murabbiylar ham o'z ishlarini to'liqligicha ko'rsata olish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

O'yinlar sifati oshishiga ham ishonaman. Buyog'iga ishga, o'yinga bo'lgan munosabat va yondoshuv avtomatik tarzda yaxshi tarafga o'zgarishiga ishonchim komil.

Qisqa qilib aytganda, Pro-liga Superliga darajasiga yaqinlashish uchun katta qadam tashladi. SHundoq bo'lishi ham kerak.

PFL, Pro-liga, klublar va O'zReport uchun ham professionallik sari dadil qadam.

Tabriklayman!

Odatda bizda ko'plab muxlislar, bazida ayrim jurnalistlar futbolchilar yoki murabbiylarning maoshlarini ochiq aytishmaydi, elon qilishmaydi degan etirozlarni ko'p eshitib qolaman. Muxlislar buni bilgisi keladi, qiziqadi. Ko'pincha mana evropada hammasi ochiqcha aytiladi yoki elon qilinadiku, shaffof deyishadi. Bazida esa futbolchi yoki murabbiylardan matbuot anjumani yoki intervyuda to'g'ridan-to'g'ri maoshlari haqida ochiqcha savol berishadi. Bu etikaga to'g'ri kelmaydi, aslida. Xorij nashrlarida biror intervyuda futbolchidan uning maoshini so'rashgani yoki qaysidir murabbiy maoshi qanchaligini aytganini umuman ko'rmaganman va o'qimaganman. CHunki ne pozvoleno tak.

Xorijda, evropada futbolchilarning maoshlarini taxminan elon qiladigan nashrlar, yozadigan saytlar ko'p. Informaciya o'shalardan keladi. Lekin unutmang! Klublar yoki futbolchilar maoshlari haqida aslo malumot berishmaydi. CHunki bu futbolchi va klub o'rtasidagi o'zaro shaxsiy shartnoma siri. Buni oshkor qilishga na liga yoki klubning haqqi bor. Istasa, agar xohlasa, futbolchi o'z ixtiyori bilan aytishi mumkin xolos. Undan ortig'i emas.

Xorijda futbolchilarning maoshlari yoki transfer so'mmalarini taxminan biladigan, insaydlarga ko'ra malumot oladigan jurnalistlar bor. Yani, barcha raqamlar norasmiy. Lekin haqiqatga yaqin. CHunki insaydlar ishonchli. Rivojlangan.

Bizda ham oxirgi yillarda Superligadagi transferlarning qiymatini imkon qadar "championat.asia"da elon qilganmiz. Lekin bu rasmiy maqomda bo'lmagan. SHu uchun shaffoflikni talab qilgan bo'lib, klublardan futbolchilarning maoshi yoki transfer qiymatlarini talab qilish noo'rin. Rasmiy va norasmiy malumot o'rtasidagi farqni anglab olish kerak.

Diyor Imomxo'jaev jurnalist sifatida shaffoflikni ko'p talab qilgan. Endi PFL rulida va yaxshi ishlarni amalga oshirishni boshlab yuborgan. Bugungisi ajoyib, masalan. Lekin bir savol qiziqtirmoqda. Pro-liga media va tijoriy huquqi O'zReportga qancha yoki qanday shartlarga ko'ra berildi?

CHunki PFL buni shaffof tarzda ommaga ochiqcha oshkor qilishi lozim. O'ylaymanki, tez orada bu sir oshkor qilinadi. Boshqa kanallar uchun ham yaxshi va ochiq raqobat vujudga keladi, masalan. Umuman shunday bo'lishi kerak. Yuqorida nega futbolchi va klublar transferlari haqida to'xtalib, tushuncha berdim. CHunki bizda noto'g'ri tushuncha paydo bo'lgan va shaffoflik deb nojoiz savollar yangragan.

Zo'r bo'lsa, ana mediamiz yoki jurnalistlar mustaqil ravishda insayd malumotlarga ko'ra transfer qiymatlarini aniqlab, malumot berishsin. Lekin buni PFL, klub yoki futbolchi va murabbiylardan so'rash yoki talab qilish umuman noto'g'ri. CHunki shaxsiy shartnomasi masalasi.

PFL va O'zReport o'rtasidagi shartnoma esa jismoniy emas, yuridik maqomda. SHu bois futbol ommasi mazkur shartnoma shartlarini boxabar bo'lishi qiziq. Va bu PFL tomonidan shaffoflik yo'lidagi boshlang'ich qadamga aylansin.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика