Abdurauf Bo'riev: "Muhimi, o'zimizga kerakli natijani qayd etdik"
26 sen 2025 11:35
Yangiliklar
Abdurauf Bo'riev: "Muhimi, o'zimizga kerakli natijani qayd etdik"
O'zbekiston Kubogi finaliga yo'l olgan "Paxtakor" bu yo'lda kecha "Dinamo"ni ortda qoldirdi.
O'yindan so'ng "sherlar" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev fikrlarini bildirdi.
"Kutilganidanda qiyin o'yin o'tkazdik, chunki ikki jamoa ham vaziyatlardan foydalana olmadi. Oxiri penaltilar seriyasigacha etib keldik. O'zimizga kerakli natijani qayd etdik. O'ylaymanki, muxlislar zavq olishdi. Muxlislarbop o'yin bo'ldi.
Finalning o'ziga yarasha gashti bor. Bu orqali jamoaviy sovrinni qo'lga kiritishim mumkin. Oldimizdagi o'yingacha vaqt kam, shu bois tezroq tiklanishimiz kerak. Chempionlik kurashidan chiqdik demasdim lekin yo'qotilgan ochkolar rol o'ynaydi. Imkoniyatimiz bor, oxirigacha kurashamiz", dedi Abdurauf Bo'riev.

Poytaxt klubi navbatdagi bahsini 29 sentyabr kuni "Jar" stadionida "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar