"Paxtakor" – "Dinamo" uchrashuvidagi vaziyat atrofida munozara: O'zFHM va Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti qanday fikrda?
26 sen 14:05
Yangiliklar


"Paxtakor" – "Dinamo" uchrashuvidagi vaziyat atrofida munozara: O'zFHM va Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti qanday fikrda?
Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Dinamo" uchrashuvida mehmon jamoaga penalti belgilanishi mumkin bo'lgan voqeani (VIDEO) tahlil qildi.
"Menimcha, bu ehtiyotsizlik va penalti edi. Himoyachi to'pni hujumchining oyog'i ostidan chiqarib yuborishga umid qilgan bo'lsa kerak. Biroq hujumchi to'pni biroz o'ng tomonga siljitdi va himoyachi uning oyog'iga orqadan zarba berdi".
Agar hakam ushbu "dinamika"da penalti belgilamagan bo'lsa, buni tushunaman. Sekin-harakatli takrorlashlarsiz va qo'shimcha rakurslarsiz, dastlab ikki o'yinchi bir-biriga parallel ravishda yugurayotgan va ularning oyoqlari tasodifan o'zaro turtilgandek ko'rinadi. Biroq keyin oyoqqa zarba va qoidabuzarlik borligini ko'ryapmiz.
Optimal qaror sariq kartochkasiz penalti bo'lardi".
O'zFHM rasmiy izohi esa quyidagicha:
"Bu Eron va O'zbekiston o'yinidagi vaziyatga o'xshash. Hujumchi to'pni yon tomonda qoldirmoqda va oyog'ini himoyachi tomonga qo'ymoqda. Bu vaziyat o'sha zahoti VAR'da ko'rib chiqilgan va penalti yo'q".
Eslatib o'tamiz, o'sha vaziyatda Richard Fraydey Dilshod Saitov bilan to'qnashib maydonga yiqilgan va penalti belgilanmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Мен динамо ёки пахтакор мухлиси эмасман
водийлик ман акилли ёки мутахасис эмасман лекин бу вазиятни варда куриб хам пеналти бермаслик адолатсизликни узгинасику