So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  2 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11

PFL bosh maslahatchisi: "Ligalar soni endi 3 ta bo'ladi: Superliga, Pro-liga, 2-liga " Yangiliklar

PFL bosh maslahatchisi: "Ligalar soni endi 3 ta bo'ladi: Superliga, Pro-liga, 2-liga "

PFL bosh maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev 2019 yilda qanday yangiliklar bo'lishi haqida malumot berdi.

PFL xodimi 2019 yilda bir qancha o'zgarishlar bo'lishi haqida xabar berdi.

2019 yil uchun futbol klublarni licenziyalash reglamentini yakunladik, u tasdiqdan o'tdi. Hech narsa osmondan olinmadi, OFK talablariga mos keladigan va shu vaqtgacha klublardan talab qilib kelingan masalalar reglamentdan o'rin oldi, - dedi PFL bosh maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev.

Asosiy jihatlari:

Ligalar soni endi 3 ta bo'ladi: Superliga, Pro-liga, 2-liga


Ligalarda shuncha jamoa o'ynaydi deb hech kim belgilab bermaydi, ishtirokchilar soni licenziya talabining qanchalik bajarilishidan kelib chiqadi (istisno tariqasida aytish kerakki, Superligada klublar soni 12 tadan oshmaydi, 10 ta qolishi ham mumkin).

Superliga va Pro-liga talablari deyarli bir xil bo'ladi (kimga to'g'ri kelmasa, 2-liga bor).

Stadioni talab darajasida bo'lmagan klublar chempionatda ishtirok etmaydi (ishni hozirdan boshlagan klublargagina imkon beriladi. Ayni vaqtda “Nasaf” stadioni maysasi ijodkorlari PFL bilan hamkorlikda ish olib boryapti).

Superliga va Pro-liga klublarida akademiya bo'lishi shart (qo'rqib ketganlar uchun O'FAning taklifi bor).

Klublar futbolchilar bilan shartnomani PFL taqdim etgan namunaviy shartnomadan kelib chiqib tuzadi (futbolchilar, murabbiylar va klublar manfaatlari birdek himoya qilinadi, kontrakt muqaddasdir).

Superliga klublari ayollar va futzal jamoalariga ega bo'lishda davom etadi (hatto Pro-liga ham).

Alohida futzal, ayollar yoki U18 jamoalari PFL turnirlarda ishtirok etishi mumkin bo'ladi (licenziyalash talablariga javob bersa).

"1 va 2 yillik shartnomalar uchun ko'tarma pullari berilmaydi (ko'tarma pullari soliqlar masalasida klublarga engillik bo'lishi uchun oyliklarga qo'shib beriladi, ammo hali hech qanday karomat ko'rsatmagan futbolchi birdaniga hamma pulni olmaydi, u shunchaki shartnomaga imzo chekkani uchun o'zining birinchi maoshini birdaniga qo'lga kiritishi mumkin)".

"Hozircha xayolga kelmagan masalalarni birin-ketin aytib boraveraman. PFL uchun asosiy jihat klublar hisob raqamiga pul tushishi bo'ladi (boqimandalikdan bosqichma-bosqich qutilish kerak). SHuningdek, ishtoni yo'q klublar avval ishton sotib oladi va undan keyin qimmatbaho futbolchilarga og'iz soladi. Oldin maydon maysasini yaxshilaydi, stadionini to'g'rilaydi, akademiyasiga qaraydi, baza qiladi va undan keyin sovrinli o'rinlar uchun kurashadi", - deya Diyor Imomxo'jaev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика