"Tushunishimcha, hakam penaltini o'zi belgilamagan, uni monitorga chaqirishgan" - "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi hakamlik muhokamasi
21 avg 11:22
Yangiliklar


"Tushunishimcha, hakam penaltini o'zi belgilamagan, uni monitorga chaqirishgan" - "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi hakamlik muhokamasi
Jizzaxda kechgan "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi murosasiz va kurashlarga boy o'tdi. Mezbonlar so'nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Bu esa hakamlikka oid bir qancha etirozlarni yuzaga keltirdi.
Championat.asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) kecha bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:1) o'yinidagi penalti belgilangan vaziyatni tahlil qildi.
- Tushunishimcha, hakam penaltini o'zi belgilamagan - uni monitorga chaqirishgan. Menimcha, bu erda futbolchilar o'rtasidagi oddiy kontakt bo'lgan. Ikkalasi ham to'pga qaradi va birinchi bo'lib to'p o'ynashga intildi. Normal, o'zaro kurash.
Bu erda eng muhimi, hakam avvaliga vaziyatni o'yin epizodi sifatida baholadi va VARni ko'rib chiqqandan keyingina penalti belgiladi. Bu nuqtani qayta ko'rib chiqishdan mano yo'q edi. Albatta, hammasi "yakkakurashlar rejasi"ga bog'liq. Lekin kontakt himoyachining tashabbusi bilan bo'lmadi, bu odatiy o'yin to'qnashuvi. Himoyachi tomonidan oshkora turtki, qo'shimcha harakat yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Энди Пахтакор фойдасига берилмаган 3 та пенальтига келсак, судья уша уйинда кузи кур,кулоги кар булиб колди ва Динамога олтинга тенг бир очко ишлашга ёрдам бериб юборди.
Тагинам харом хариж тугрисида гапирвотганларинга улими.