Ivan Boshkovich: "Biz oxirigacha kurashadigan jamoamiz"
20 avg 23:45
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Biz oxirigacha kurashadigan jamoamiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin juda qiziqarli kechdi. Muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Bugun xarakter ko'rsatib bir ochkoni qo'lga kiritdik. Oxirgigacha kurash olib borganimiz uchun jamoamga katta rahmat. Birinchi taym teng o'tdi, vaziyatlar har ikki jamoada bo'ldi. Oldin ham aytib o'tganimdek, realizaciya bo'yicha muammolar bor.
Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Ikkinchi taymda o'zimizga kelib oldik. Ko'p hujum tashkil qildik, shunchaki qo'lni ko'tarmadik. Biz oxirigacha kurashadigan jamoamiz. Yutqazib qo'ymaslik uchun bor kuchni tashladik. O'yin tomonlama vaqtliroq gol urishimiz ham mumkin edi.
Jiddiy raqibga qarshi bahs olib bordik. Durang adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Endi Kubok uchrashuviga hozirlik ko'ramiz. Biz Kubokda jiddiy maqsadni ko'zlaganmiz. Buni futbolchilar ham biladi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Bugungi o'yindan qanday saboq olganimizni keyingi bahsda ko'rasizlar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar