So’nggi yangiliklar

14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  0 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5

Petr Segrt: "Livanga qarshi to'qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Petr Segrt: "Livanga qarshi to'qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o'yin bo'ladi"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Tojikiston va Livan terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin qo'shnilarimiz bosh murabbiyi Petr Segrt va terma jamoa futbolchisi Parvizjon Umarboev matbuot anjumanida qatnashdi.

Malumot uchun, Tojikiston terma jamoasi ayni damda A guruhida bir ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Livanga qarshi o'tkaziladigan o'yindagi ehtimoliy g'alaba Tojikiston terma jamoasiga mamlakat tarixidagi ilk Osiyo kubogining o'zida pley-off yo'llanmasini taqdim etishi mumkin. 


- Tojikiston termasi murabbiyi va futbolchisining o'yin haqidagi fikrlari qanday?

Petr Segrt: - Ertangi o'yin ikkala jamoa uchun muhim. Osiyo kubogidan oldin hamma vaziyatga real qarayotgan edi. Livanga qarshi o'yin Tojikiston terma jamoasi uchun final bo'ladi. Guruhdagi uchala raqib ham kuchli jamoa edi. Xitoyga qarshi yaxshi natija qayd etdik, Qatar bilan o'yinda biroz omad etishmadi. Ertaga g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqamiz. Livan ham aynan shu narsani istashi aniq.

Parvizjon Umarboev: - O'yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Qanday o'yin bizni kutib turganini hamma biladi. Yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Janob murabbiy, o'yinning muhimligi haqida gapirdingiz. Menimcha, bu o'yin Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o'yinlardan biri hisoblanadi. Bu narsa shogirdlaringizni osonroq ruhlantirishingiz uchun yordam beradimi yoki jamoaga biroz bosim yuklaydimi?

-  Har birimiz hayot davomida bosimga tushamiz. Osiyo kubogi kabi musobaqada qatnashish biz uchun sharaf. Bizda hech qanday hayajon yo'q. Keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Ertaga biz uchun final o'yini bo'ladi. Biz bu o'yinga tayyormiz. Har bir lahzadan bahra olishimiz kerak. Raqibda balki tajriba ko'proqdir, ammo ertaga ikkala jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan o'ynaydi. Livanga qarshi to'qnashuv Tojikiston futboli tarixidagi eng muhim o'yin bo'ladi. Siz 100% haqsiz.

- Livanga qarshi o'yin uchun boshlang'ich tarkibni qanday tanlaysiz? CHunki tarkibdagi bir necha futbolchilarda jarohat va ogohlantirishlar bor...

- Vaziyatimiz og'ir. Asosiy tarkibdagi uch o'yinchimiz ertaga maydonga tushmaydi. Lekin biz echim topa olamiz. Musobaqadan oldin eng zo'r hujumchimiz Manuchehr Jalilovni yo'qotdik. Mana, bunga moslasha oldik. Qizil kartochka olgan o'yinchimiz ham biroz tajribasizlik qildi. Vaziyatdan to'g'ri chiqib keta olishimizga ishonaman.

- Parvizjon, o'tgan o'yindagi qizil kartochka jamoaga qanday tasir qildi?

- Dastlab, bizning maqsad musobaqaning final bosqichiga yo'l olish edi. Hozir esa guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Qizil kartochkaga kelsak, bu narsa bizga tasir qilmasa kerak. 

- Parvizjon, Tojikiston keyingi bosqichga chiqishni uddalasa bu sizning faoliyatingizga qanday tasir o'tkazadi? CHunki Osiyo kubogini juda ko'p mutaxassislar kuzatib borishmoqda...

- Birinchi navbatda biz o'yinga etibor beramiz. Bu musobaqani ko'pchilik kuzatishi aniq. Eng muhimi jamoamizning yaxshi natija ko'rsatishi. Albatta, Osiyo kubogi kabi katta turnirlarda so'ng har birimizga yaxshi takliflar tushishi aniq.

- Savolim murabbiyga. Uchinchi turda bor diqqatingizni o'z uchrashuvingizga qaratasizmi yoki guruhning ikkinchi uchrashuvi ham etiborda bo'ladimi?

- Bizning vaziyatimiz tushunardi. O'z uchrashuvimizda g'alaba qozonishimiz kerak. Livanda ham imkoniyat etarli. To'g'risini aytaman, bizga durang yoki boshqa natija ham qoniqarli bo'lishi mumkin. Biroq, bu mening falsafalarimga to'g'ri kelmaydi. Hammamiz o'zimizga etibor berishimiz kerak. O'yin oxirida albatta ikkinchi uchrashuv hisobiga qaraymiz. O'yin davomida faqat esa g'alaba uchun harakat qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика