So’nggi yangiliklar

03:10Чемпионлар лигаси. "Ливерпуль"дан супер камбек, "Бавария"да яна йирик ҳисоб, "Атлетико" ютқазди, бироқ...  28 03:02Чемпионлар Лигасининг 1/4 финал жуфтликлари маълум бўлди  6 02:26"Адолат қарор топди". Марокаш афсонаси Африка Кубогидаги можаро ҳақида  2 02:04"Барселона"да жиддий йўқотиш! Жоан Гарсия "Ньюкасл"га қарши ўйиндаги жароҳати сабаб сафдан чиқди  3 01:40БАА чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 01:30ЕЧЛ. "Барселона" — "Ньюкасл" 7:2  3 01:07Акмал Рустамов: "Бизга фақат битта гол етишмади"  1 00:40ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!  439 00:20"Истанбул Башакшехир" дуранг қайд этди  15 00:07Миржалол Қосимов: "Телефондаги ўйинлар ёшларнинг миясини бузяпти"  2 00:03Илёс Зейтуллаев: "Мени худо шундай яратган экан. Сочларим тўкилиб, соқол ўсиб чиқди. Менга Спалетти ёқади, лекин мен ангренлик Илёс Зейтуллаевман"  2 23:40Андрей Шипилов: "Йигитларга шундай чиройли майдондан ғалабасиз чиқиб кета олмаймиз дедим"  2 23:31Сергей Токов: "Биринчи тайм учун мухлисларимиз олдида уятдаман. Таркиб йиғилганига икки ой бўлди"  3 23:20Аёллар футболида тарихий рекорд! "Челси" юлдузи 8 миллион долларлик шартнома имзолади  0 23:10Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:1  0

Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak Yangiliklar

Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Valensiya" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 13-tur uchrashuvida hakam bilan bog'liq navbatdagi mojaro bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda Messining goli hisobga olinmadi va Kataloniya klubi tomonidagilar bunda "Real" prezidenti Florentino Peresni ayblay boshlashdi. "Barsa"chilarning fikricha, LaLigadagi hakamlarga rahbarlik qiladigan Ispaniya chempionati prezidenti Xaver Tebas Peresdan maosh oladi, shu sababli Messining goli hisoblanmagan.

Ammo aslida ham shundaymi? Ular hakamlikdan shikoyat qilishga haqlimilar? Keling shunchaki joriy mavsum LaLigada hakamlar "Barselona" va "Real" foydasiga qancha xato qilganini hisoblab ko'ramiz. Faqat 100%lik vaziyatlarni muhokama qilamiz.


"Barselona" foydasiga bo'lgan xatolar:

"Espanol"ga qarshi 0:0 bo'layotgan uchrashuvda ofsayddan urilgan gol


To'p maydondan chiqib ketganidan so'ng "Malaga" darvozasiga urilgan gol


"Barselona" zarariga ishlagan xatolar:

"Valensiya"ga qarshi o'yinda hisobga olinmagan gol


"Real" zarariga ishlagan xatolar:

"Real" 1:0 hisobida yutayotgan paytda "Xetafe"ning ofsayddan urgan goli


"Jirona"ning ofsayddan urgan goli


Vezu qo'li bilan o'ynagani uchun belgilanmagan penalti


"Malaga" bilan o'yinda 3:2 hisobi bo'layotgan paytda "Real"ning hisoblanmagan goli


"Real" foydasiga bo'lgan xatolar:

Bunaqasi bo'lgani yo'q. Peres tomonidan "boshqariladigan" hakamlar "Real" foydasiga xato qilishmadi. Bu borada etirozingiz bo'lsa, izoh yozing.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------

"Barselona" foydasiga 2ta xato bo'ldi, zarariga esa 1ta. "Real" zarariga esa 4ta xato, foydasiga yo'q. Ha, aytgancha, Ispaniya Superkubogini ham eslang. O'sha o'yinda "Barselona" foydasiga 2ta xato bo'lgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика