Akmal Rustamov: "Bizga faqat bitta gol etishmadi"
19 mar 01:07
Yangiliklar
Akmal Rustamov: "Bizga faqat bitta gol etishmadi"
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo barchani yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon Hayiti bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, yaxshi hozirlik ko'rgandik. Raqibni ham o'rganib chiqqandik. Olmaliq jamoasi uch o'yinda bir ochko to'plab, ular ham g'alaba uchun kelishini bilardik. Chunki quyi o'rinlarda yurish hech kimga yoqmaydi. Stadionga kelgan muxlislarga va maydonga tushgan futbolchilarga rahmat deb qolaman, bugun qo'ldan kelgancha kuchimizni ko'rsatishga harakat qildik. Afsuski, bizning kunimiz emas ekan.
- Bugun himoya chizig'i ko'p xatolarga yo'l qo'ygandek ko'rindi.
- Har doim 11 nafar futbolchi maydonga chiqadi va hamma xato qilishi mumkin. Futbol xatosiz bo'lmaydi. Bugun bir vaziyatda hushyorlikni yo'qotganimiz qimmatga tushdi. O'zimizning vaziyatlardan esa foydalana olmadik. Lekin harakat oxirigacha bo'ldi deb o'ylayman. Ikkita bahsni yutib olganimizdan so'ng yigitlarda ishonch ortgandi. O'yinni yomon o'tkazmadik, faqat gol ura olmadik.
- OKMK biz uchun doim noqulay raqibdek ko'rinardi.
- Biz uchun raqib jamoa noqulay raqibdek ko'rinmadi. Deyarli teng kurash kechdi, faqat ular gol urib yutib ketdi. Aytib o'tganimdek, bugun borimizni berib o'ynadik. Agar uchrashuv 2:1 bilan foydamizga yakun topganida bu savol bo'lmasdi. Endi "Neftchi" bilan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.
- Jamoangiz 5-3-2 sxemasida o'yinni boshladi va keyinchalik bu sxema o'zgardi.
- To'g'ri, raqibdan kelib chiqib besh nafar himoyachi bilan boshladik, biroq tanaffusdan so'ng hujumga etibor berib uchta himoyachi bilan o'ynadik. Bizga faqat bitta gol etishmadi.
- Esda qolarli vaziyatlar ham bo'ldi. Masalan, "Qizilqum"ning goli inobatga olinmadi, Shohruz Norxonovga nisbatan qoida buzilishi etiborsiz qoldirildi. Shular haqida nima deya olasiz?
- Hozir bu haqda gapiradigan bo'lsam, yana o'zimga muammo orttirib olishim mumkin. Yaxshisi jim tura qolay. Vaziyatni tahlil qiladigan hakamlar markazi bor va ularga qo'yib berganimiz maqul. Men hakamlar borasida gapirishni xohlamayman. Superkubokdan keyin qancha gap bo'layotganini ko'ryapmiz. Hozir penalti bor edi yoki toza golimiz hisoblanmadi desam noto'g'ri gapirib qo'ygan bo'laman. Xullas, bu borada fikr bildirish niyatim yo'q. Ertaga tur tugasin, nima bo'lganini bilib olamiz. Qaerda to'g'ri, qaerda noto'g'ri bo'lganini bilish biz uchun ham qiziq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar