Andrey Shipilov: "Yigitlarga shunday chiroyli maydondan g'alabasiz chiqib keta olmaymiz dedim"
18 mar 23:40
Yangiliklar
Andrey Shipilov: "Yigitlarga shunday chiroyli maydondan g'alabasiz chiqib keta olmaymiz dedim"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun yangi mavsum hisobidan to'rtinchi o'yinni o'tkazdik. Avvalgi bahslar kabi bugun ham qiyin bo'ldi. "Navbahor" jiddiy qarshilik ko'rsatdi, bizga oson bo'lmadi. Raqib ko'p joylarda ustunlik qildi va maydonda etakchilikni qo'lga oldi. Ammo biz ham orqada o'tirib olmadik, oldinga borish uchun kuch va aql topa olmadik.
Hisob 1:1 paytida o'yin yanayam shiddatli kechdi, darvozamiz oldida ko'p vaziyatlar yuzga keldi, shuning uchun bugun omad kulib boqdi desam adashmagan bo'laman. Xayriyat ikkinchi golni o'tkazmadik. G'alaba to'pini kiritganimiz esa haqqoniy bo'ldi. Chunki biz ham harakatda edik. Futbolchilarga kecha aytgandim, bugun ham aytdim: biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Yigitlarga shunday chiroyli maydondan g'alabasiz chiqib keta olmaymiz dedim.
Barchani - klubimiz rahbariyati va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Birgalikda ishlayotganimizga endi to'rt oy bo'ldi. Hammasiga ko'nikib boryapmiz. Futbolchilar ko'rsatmalarni bexato bajarishga harakat qilmoqda. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Endi chempionatda biroz tanaffus bo'ladi, bu tanaffus bizga kerakmi-yo'qmi, bilmayman. Ikkita yaxshi o'yin o'tkazdik va yana ikkitasi ham yomon kechmadi.
- Avvalo birinchi g'alaba bilan tabriklayman. Hisob 1:1 payti zaxiradan bir nechta futbolchini maydonga tushirdingiz. Bu hisobni saqlab qolish uchunmidi yoki g'alaba uchunmidi?
- To'g'ri savol berdingiz. Zaxiradan tushganlar g'alaba uchun harakat qildi. Bu g'alaba hammaniki, futbolchilardan tortib murabbiylar shtabigacha. Biz urgan har ikkala gol o'ylangan hujum natijasi deb bilaman. Ayniqsa ikkinchi gol hammaga yoqdi deb o'ylayman. Taxminimcha, bu gol turning eng chiroyli goli nominaciyasida bo'ladi.
- Birinchi taymda "Navbahor" ustunlik qildi, lekin ikkinchi bo'limda ustunlik "Qo'qon-1912" tomonga o'tdi. Tanaffusda futbolchilarga nima dedingiz?
- Birinchi taymda tezlik bo'yicha yutqazdik, braklar ko'p bo'ldi, ayniqsa uchinchi hududga o'tishda. Braklar ko'p bo'lib, paslar etib bormasa, futbolchilarda charchoq kuzatiladi. Biroz orqaga qaytdik, lekin himoyada yotib olmadik, ikkinchi hududda himoyalandik.
Raqib o'yinini tahlil qilganimizda, ular ikkinchi bo'limda ancha energiya yo'qotishini sezgandik. Shu bois ikkinchi taymda himoyaga o'tib olishimiz xato bo'lardi. Shu bois ularni qamay boshladik, ular ham odam va toliqadi. Ikkala jamoada o'zgarish ro'y berdi. Kuchimiz ikkita taymga etishini bilardik va oxirigacha kurashdik. Biroz asabiy bo'ldik, yakunda maqsadga erishdik. Hech kim erga yiqilmadi, hamma oxirigacha kurashdi. Biz har bir o'yindan keyin futbolchilarni tahlil qilib chiqamiz. Ikkala jamoa ham o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qildi.
- Toma Tabatadze dastlabki ikkita bahsni yaxshi o'tkazgandi. Lekin bugun qaydnomada ko'rinmadi. Uning jarohati bormi?
- Unda biroz jarohat borligi malum bo'ldi. Toma ikki kundan beri mustaqil shug'ullanyapti, hali umumiy guruhga qo'shilgani yo'q. Tez orada safga qaytadi deb umid qilamiz. "Paxtakor" bilan bahsda u oyog'ini qayirib oldi. Ikki haftadan so'ng Jizzaxda o'yinimiz bor, shungacha tayyor bo'ladi deb umid qilamiz.
- Yaqinda boshlanadigan FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham o'ynaydi. Qo'qon jamoasidan Javohir Husanov taklif olganini eshitdik.
- Bilasizmi, men hali kimlar chaqirilgani bo'yicha ro'yxatni ko'rmadim, lekin o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, Javohir Husanov barcha jihatlar bo'yicha terma jamoaga to'g'ri keladi. Terma jamoa murabbiylar shtabi va selekciya xizmati Javohirni kuzatishyapti deb o'ylayman. Husanov hali erda va osmonga chiqib ketgani yo'q, u odobli o'yinchi, xulqi ham joyida. O'yin payti maydonni yaxshi ko'radi, miyasi ishlaydi. Bizda yana bitta o'yinchi bor, lekin uning familiyasini aytmay turaman. Qishda jamoaga kelganimda shunday degandim: agar yuqori o'rinlarda yursak, albatta terma jamoaga futbolchilar taklif etiladi. Bizdan ham milliy jamoaga futbolchi chaqirilishi Qo'qon futboli uchun bonus deb bilaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar