So’nggi yangiliklar

03:10Чемпионлар лигаси. "Ливерпуль"дан супер камбек, "Бавария"да яна йирик ҳисоб, "Атлетико" ютқазди, бироқ...  28 03:02Чемпионлар Лигасининг 1/4 финал жуфтликлари маълум бўлди  16 02:26"Адолат қарор топди". Марокаш афсонаси Африка Кубогидаги можаро ҳақида  2 02:04"Барселона"да жиддий йўқотиш! Жоан Гарсия "Ньюкасл"га қарши ўйиндаги жароҳати сабаб сафдан чиқди  3 01:40БАА чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 01:30ЕЧЛ. "Барселона" — "Ньюкасл" 7:2  4 01:07Акмал Рустамов: "Бизга фақат битта гол етишмади"  1 00:40ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!  439 00:20"Истанбул Башакшехир" дуранг қайд этди  15 00:07Миржалол Қосимов: "Телефондаги ўйинлар ёшларнинг миясини бузяпти"  2 00:03Илёс Зейтуллаев: "Мени худо шундай яратган экан. Сочларим тўкилиб, соқол ўсиб чиқди. Менга Спалетти ёқади, лекин мен ангренлик Илёс Зейтуллаевман"  2 23:40Андрей Шипилов: "Йигитларга шундай чиройли майдондан ғалабасиз чиқиб кета олмаймиз дедим"  2 23:31Сергей Токов: "Биринчи тайм учун мухлисларимиз олдида уятдаман. Таркиб йиғилганига икки ой бўлди"  3 23:20Аёллар футболида тарихий рекорд! "Челси" юлдузи 8 миллион долларлик шартнома имзолади  0 23:10Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:1  0

"Adolat qaror topdi". Marokash afsonasi Afrika Kubogidagi mojaro haqida Yangiliklar

"Adolat qaror topdi". Marokash afsonasi Afrika Kubogidagi mojaro haqida

Marokash terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mustafo Haji Afrika Futbol Konfederaciyasining (CAF) Afrika Kubogi-2026 finalidagi mojaroli qaroriga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, CAF final bahsi vaqtida Senegal futbolchilari maydonni tark etgani sababli ularga texnik mag'lubiyat yozib, chempionlikni Marokash terma jamoasiga topshirgan edi. Senegal hukumati esa buni korrupciya deb atagan.

Sobiq futbolchi bu qarorni to'liq qo'llab-quvvatlashini takidladi:

"Adolat qaror topdi. O'ylaymanki, futbolda o'z qoidalari bor va agar hamma o'zi xohlagan ishni xohlagan vaqtida qilaversa... Qoidalar o'rnatildimi, ularga amal qilish shart. Menimcha, Marokash shunchaki futbol qoidalariga rioya qilmoqda".

Haji senegalliklarning qilmishini oqlab bo'lmasligini aytib o'tdi:

"Agar Senegal futbolchilari xavf ostida bo'lganida, ularning hayotiga tahdid solinganida, ularning maydondan chiqib ketishini tushungan bo'lardim, ammo bu vaziyatda... Agar har safar hakamlar qarori bilan bahslashib, hamma narsani tahlil qilaversak va shunday yo'l tutsak, futbol o'ynash qiyin bo'lib qoladi", — dedi Haji.

Reyting:    

Fikrlar

   
19 mar 02:47:58
Xusan Xaydarov
Afrika fudboli uchun bundan ortiq sharmandalik boʻlmasa kerak shuning uchunham saviyasi pasayib boryabdi
   
19 mar 02:39:08
Dilshod Bozorboyev
Ha Mustafo bir paytlar yaxshi oʻyinchi eding, lekin hayotda yaxshi inson emas ekansan, shu yoʻl bilan sovrin olish xalqinga quvonch berarmikan?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика