Pep Gvardiola: "Bizda amal qilishimiz lozim bo'lgan standartlar bor"
28 dek 2023 09:07
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Bizda amal qilishimiz lozim bo'lgan standartlar bor"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Everton"ga qarshi o'yindan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men bu qobiliyatlar haqida ularga har kuni eslataman. Bizda amal qilishimiz lozim bo'lgan standartlar bor. Bu bizga masuliyat yuklaydi. Natijalar tushib ketmasligi kerak.
Birinchi taym yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda esa vingerlarimiz yordamida tezkor hujumlar qilishimizga to'g'ri keldi va biz buni juda yaxshi uddaladik. Yigitlar boshqacha ekanliklarini yana bir marotaba isbotlashdi.
6 ta o'yindagi 1 tagina g'alabadan so'ng odamlar savollar berishmoqda. Bu normal holat. CHunki, barchasi natijaga bog'lik. Ammo biz "Arsenal", "Tottenxem", "Liverpul" va "Aston Villa"ga yaqinmiz. Biz yuqorida bo'lishni istaymiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar