So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Penaltilar seriyasi qahramoni Azizxon Isaqov: Barcha Qo'qon-1912 jamoasiga befarq bo'lmaganlarni Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bilan tabriklayman Yangiliklar

Penaltilar seriyasi qahramoni Azizxon Isaqov: Barcha Qo'qon-1912 jamoasiga befarq bo'lmaganlarni Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bilan tabriklayman

Metallurgga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasida qahramonga aylangan Azizxon Isaqov penaltilar seriyasi, joriy yildagi o'yinlari haqida qisqa fikrlar bildirib o'tdi.

Assalomu alaykum, birinchi navbatda barcha «Qo'qon-1912» jamoasiga befarq bo'lmaganlarni Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bilan tabriklayman. Bu g'alaba barchamizniki. Ular sovuq bo'lishiga qaramasdan «Metallurg»ga qarshi uchrashuvda stadionga kelib, daxshat qo'llab-quvvatlashdi. Bu bizga katta ishonch berdi.

Penaltilar seriyasi...

- SHeriklarim dastlabki ikkita penaltidan foydalana olmaganlaridan so'ng menda hech qanday yomon xayollar yo'q edi. Barchasi joyida edi. O'zimda va jamoadoshlarimga ishonardim. Biz ushbu penaltilar seriyasida g'olib bo'lib ketishimizga ishonchim bor edi. Penaltilar seriyasiga jamoamiz murabbiylari bilan jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Uchrashuv avvalida murabbiyimiz Xurshid aka raqib futbolchilarining ehtimoliy yo'llaydigan penaltilar yo'nalishi yozilgan varaq ham tayyorlab, baklashga o'rab bergandilar.

Joriy mavsum o'zingizning o'yiningizdan qanchalik qoniqdingiz?

- Har bir futbolchi yanada yaxshiroq harakat qilishga intiladi. Umuman olib qaraganda, joriy mavsumdan ancha ko'nglim to'ldi. Biroq hali qilinadigan ishlar etarli. Yanada ko'proq mehnat qilib, yana o'sishga intilaman.

Umuman olganda Pro ligadagi ilk mavsumingizni o'tkazdingiz? Pro liga va Superliga jamoalari o'rtasida qanchalik farq sezildi?

- Bu yilgi Pro liga jamoalari ancha kuchli edi desam, adashmayman. Buni Pro liganing to'rtta jamoasi Superligaga yo'l olganidan ham bilib olsak bo'ladi. Oddiy o'yinlarning o'zi bo'lmadi. Barcha jamoalar maksimal qarshilik ko'rsatishdi. Menimcha har bir uchrashuv shiddatli o'tdi. Superliga va Pro liga o'rtasida katta farq sezilmadi.

Nega aynan darvozabonlik?

- Yoshligimdan o'zimda darvozabon bo'lishga qiziqish bo'lgan va shu sababli yoshligimdan futbolga kelishim bilan darvozabon poziciyasidaman.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика