So’nggi yangiliklar

09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  8 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  15 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2

"Paxtakor" yangi ustozi futbolchilar bilan tanishdi Yangiliklar

"Paxtakor" yangi ustozi futbolchilar bilan tanishdi

"Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi portugaliyalik mutaxassis Pedru Morreyra Antaliyadagi yig'inda jam bo'lgan futbolchilar bilan yaqindan tanishdi.

Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati malum qildi.

"Biz bu erga Sizlar bilan katta ishni bajarish uchun to'plandik. Imkon qadar "Paxtakordagi o'yinlaringizni ko'rib, sizlar bilan tanishishga harakat qildim. Qolgan malumotni mashg'ulot va o'rtoqlik o'yinlarida olamiz. Klub raisi Jahongir Abidovichning taklifiga ko'ra, katta murabbiylar jamoasi bilan Toshkentda ish boshlaydigan bo'ldik. Mening va do'stlarimning maqsadi Sizlar bilan yuqori natijalarga erishish. Siz "Paxtakor"siz, bu klubni o'rganar ekanman, o'zbek futbolining ustuni ekanligiga amin bo'ldim. Bunday katta jamoada ishlash biz uchun ham sharaf", - deydi Moreyra.


Xabaringiz bor, jamoamiz negizi saqlab qolindi. Sergeev va Bashar bilan hujum chizig'imizning sifati oshdi. Bu futbolchilarning bariga ishonch bildirishni aynan yangi murabbiy aytib o'tgan.


"Agar biz barcha vazifalarni o'z vaqtida bajaradigan bo'lsak, ishoning, bizdan kuchlisi bo'lmaydi. Men bu erga kelib, Siz o'rganib qolgan hamma narsani o'zgartirib yubormayman. Qaerdadir biz Sizlarga, qaerdadir, Siz bizlarga moslashasizlar. Futbol jamoaviy o'yin, ishimiz ham shunday birgalikda bo'lishi kerak. Yil oxirida mana shunday kayfiyatda g'alabalarni tahlil qilish haqida o'ylashimiz kerak", - deya bosh murabbiy tug'ilgan kunini nishonlayotgan Ulug'bek Hoshimovni tabrikladi.


Delegaciya rahbari, klub raisi o'rinbosari Dilshod Karimov murabbiyni tanishtirar ekan, quyidagi gaplarni aytib o'tdi:


- Biz bir tanu, bir jon bo'lishimiz kerak. SHundagina ahil oila sifatida shakllanamiz. Bu juda muhim. Agar Siz bir-biringizni qo'llab-quvvatlab, bir oila bo'ling. Klubimiz raisining Sizlardan talab qiladigan yagona narsasi muxlislarga yoqadigan chiroyli o'yin ko'rsatish. SHu erga "Paxtakor" bilan etib keldingizmi, demak Siz eng zo'rlarisiz. Buni maydonda isbotlashingiz qoldi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика