So’nggi yangiliklar

10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  1 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  0 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  8 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  12 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  56 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  2

"Paxtakor" Timur Kapadzega taklif bilan chiqdimi? Murabbiy "Vilyarreal"ga bormoqchi Yangiliklar

"Paxtakor" Timur Kapadzega taklif bilan chiqdimi? Murabbiy "Vilyarreal"ga bormoqchi

Teglar :  Timur Kapadze
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze "Oriat Dono" radiosidagi "Futbol+" eshittirishida mehmon bo'ldi.

- "Paxtakor" klubidan taklif bo'ldimi?
- "Paxtakor" rahbariyati mendan keyingi rejalarimni so'ragani rost. Oktyabr oyida amaliyot o'tashga borishimni aytdim. Bilishimcha, klubda hozir Maksim SHackix bosh murabbiy. SHu sabab jiddiy muzokara bo'lgani yo'q.

- O'zi "Paxtakor"da qachondir ishlash niyati bormi?

- Futbolchilik faoliyatimda eng ko'p "Paxtakor"da o'ynaganman. Eng ko'p sovrinni ham shu klubda qo'lga kiritganman. Qalbimda har bir o'ynagan klubimning o'rni bor. Bu murabbiylik faoliyatimda yangi chaqiruv bo'lish ehtimoli bor, agar qachondir muzokara o'tkazsak va ambiciyalari yaxshi bo'lsa nima uchun yo'q? Lekin oldimda boshqa variantlar ham bor.

- Oktyabr oyida qaysi klublarda amaliyot o'tamoqchisiz?

- Rossiyada CSKA klubi bilan kelishdik. Dmitriy CHerishev orqali Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral bilan ham gaplashdik. Faqat muddatini kelishish kerak, hozircha muzokara davom etmoqda. Yana ikkita klubdan rad javobi keldi," - dedi Timur Kapadze.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика