So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  3 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

"Paxtakor" tarkibida mamlakatning eng yaxshi futbolchilari va to'purarlari Yangiliklar

"Paxtakor" tarkibida mamlakatning eng yaxshi futbolchilari va to'purarlari

"Paxtakor" safidagi o'yinlari bilan mamlakatda eng yaxshi deb topilgan futbolchilar va to'purarlar to'g'risida malumot taqdim etamiz.

SSSR chempionatida Birodar Abduraimov 1968 yil oliy ligada (22 gol), 1972 yil esa birinchi ligada (34 gol) to'purarlikni qo'lga kiritgan. 1982 yilgi mavsumda Andrey Yakubik 23 to'p kiritgan holda oliy ligada to'purarga aylangan.

O'zbekiston chempionati o'tkazila boshlangandan beri "Paxtakor"dan eng ko'p o'yinchilar yurtimizda eng yaxshi futbolchi deb topilgan. Jami 8 bor yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Paxtakor" azosi etirof etilgan:
1992 yil - Valeriy Kechinov
1993 yil - Mirjalol Qosimov
1996 yil - Pavel Bugalo
1997 yil - Pavel Bugalo
1998 yil - Mirjalol Qosimov
1999 yil - Andrey Akopyanc
2002 yil - Aleksandr Geynrix
2009 yil - Odil Ahmedov



1996 yil Pavel Bugalo va 1999 yil Andrey Akopyanc "Paxtakor" biror sovringa ega chiqmasa ham O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ularning o'sha mavsumni qanchalik ajoyib o'tkazishganini isbotlaydi.

"Paxtakor"dan 6 mavsumda 7 nafar futbolchi O'zbekiston chempionati to'purarlariga aylangan. 1998 yil Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin 22tadan gol urgan holda birgalikda to'purar bo'lishgan. So'nggi besh yildan uchtasida "Paxtakor" azolari Superligada to'purarga aylangani etiborga molik holat.
1992 yil - Valeriy Kechinov (24 gol)
1998 yil - Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin (22 gol)
2005 yil - Anvar Soliev (29 gol)
2015 yil - Igor Sergeev (24 gol)
2018 yil - Tiago Bezerra (17 gol)
2019 yil - Dragan CHeran (23 gol)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика