Enzo Miyo: "Chempionlik unvonini himoya qilish uchun katta bosimga duch kelamiz"
15 sen 13:00
Yangiliklar
Enzo Miyo: "Chempionlik unvonini himoya qilish uchun katta bosimga duch kelamiz"
"Al Ahli" yarim himoyachisi Enzo Miyo Elit OCHL 1-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Elit OCHL klub uchun juda muhim ahamiyatga ega. Umid qilamanki, hammamizni quvontiradigan natijalarga erishamiz.
Turnirda ishtirok etish oldidan hayajonim jo'sh urmoqda. Shubhasiz, chempionlik unvonini himoya qilish uchun katta bosimga duch kelamiz. Umid qilamanki, ilgari ushbu sovrinni qo'lga kiritgan jamoadoshlarim bilan birga kubokni boshim uzra yuqori ko'tarishga muvaffaq bo'laman", – dedi 23 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuv 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar