So’nggi yangiliklar

16:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  2 16:02Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   22 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0

"Paxtakor" tarkibida bir o'yinda beshta gol urgan yagona futbolchi kimligini bilasizmi? Yangiliklar

"Paxtakor" tarkibida bir o'yinda beshta gol urgan yagona futbolchi kimligini bilasizmi?

"Paxtakor" tarkibida SSSR va O'zbekiston chempionatlarida uchta hamda undan ko'p gol urgan o'yinchilar bilan tanishib oling.

Ilk xet-trik chempionat bahslarida Stanislav Vlasov tomonidan urilgan. U Frunzening "Spartak" jamoasi darvozasiga 1958 yil uchta to'p kiritgan. SSSR chempionatida Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov va Andrey Yakubik 4tadan gol urishgan. Krasnickiy Bereznikining "Ximik", Abduraimov Kirovobodning "Dinamo", Yakubik "Zenit" darvozasiga 4tadan to'p kiritgan. Gennadiy Krasnickiy faoliyati mobaynida 5 marta "Paxtakor" uchun xet-trikka erishgan bo'lsa, Birodar Abduraimov ham bir pokerdan tashqari yana 5 xet-trik sohibi bo'lgan.

4tadan gol urganlar
1 - Gennadiy Krasnickiy ("Ximik" Berezniki), Birodar Abduraimov ("Dinamo" Kirovobod), Andrey Yakubik ("Zenit")

Xet-trik qayd etganlar
5 - Gennadiy Krasnickiy ("Moldova", CSKA, "Belarus", SKA, "Ararat"), Birodar Abduraimov ("Ararat", "Zenit" 2 marta, "Torpedo" Kutaisi, "Krivbass")
4 - Igor SHkvirin ("CHernomorec", "Spartak" Vladikavkaz, "Tiras", "Lokomotiv" Nijniy Novgorod)
2 - Andrey Yakubik ("Dinamo" Moskva 2 marta), Andrey Pyatnickiy ("SHaxtyor" Doneck, "Kuban")
1 - Stanislav Vlasov ("Spartak" Frunze), Igor Malinovskiy ("Stroitel" Ashxobod), Mixail An ("Qayrat"), Azamat Abduraimov ("Karpati"), Mustafo Bilolov ("Karpati").

O'zbekiston chempionatlarida "Paxtakor" safida bir bellashuvda eng ko'p gol urgan futbolchi sifatida Nematillo Quttiboev tarixga kirgan. U 2001 yil "Semurg'"ga qarshi kechgan bahsda raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qilgan. 5 nafar futbolchi esa 4 martadan raqib darvozasiga gol urishgan. 22 nafar futbolchi esa xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'lgan. Eng ko'p xet-trikka SHuhrat Maqsudov erishgan - 6 bor.

5ta gol urgan
1 - Nematillo Quttiboev ("Semurg'")

4tadan gol urganlar
1 - Valeriy Kechinov ("Temiryo'lchi"), SHuhrat Maqsudov ("Paxtakor-79"), Dilmurod Nazarov ("CHirchiq"), Zayniddin Tojiev ("Do'stlik"), Anvar Soliev ("Lokomotiv").

Xet-trik qayd etganlar
6 - SHuhrat Maqsudov ("SHahrixonchi", "CHirchiq", "SHifokor", "Yangier", "So'g'diyona", "Orol")
5 - Anvar Soliev ("Lokomotiv", "Buxoro", "Traktor" 2 marta, "So'g'diyona")
4 - Uche Ixeruome ("Xorazm", "SHo'rtan", "Lokomotiv", "Qizilqum"), Igor SHkvirin (MHSK, "Xorazm", "Zarafshon", "Temiryo'lchi")
3 - Dragan CHeran ("Andijon", "Buxoro" 2 marta), Aleksandr Pisarev ("Traktor", "Temiryo'lchi", "Surxon")
2 - Temurxo'ja Abduxoliqov ("Andijon", "SHo'rtan"), Igor Sergeev ("Buxoro", "Qizilqum"), Mirjalol Qosimov ("Orol", "Dinamo" S), Sobir Xodiev ("CHirchiq", "Surxon"), Andrey Akopyanc ("CHilonzor", "Surxon"), Leonid Koshelev ("Andijon", "Mashal"), Zayniddin Tojiev ("Qizilqum", "So'g'diyona")
1 - Valeriy Kechinov ("Kosonsoychi"), Oleg Sinelobov ("Yangier"), Andrey Strelcov ("Buxoro"), Aleksey Jdanov ("Metallurg"), Marat Bikmaev ("Metallurg"), Vladimir SHishelov ("Surxon"), Aleksandr Geynrix ("Navbahor"), Ismael Gonsalvesh ("Nasaf"), Tiago Bezerra ("Bunyodkor").


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика