So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  161 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  3 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  13 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  5 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

O'zbekiston - Iroq o'yinida tartibsizlik keltirib chiqarganlarga qamoq jazosi tayinlandi Yangiliklar

O'zbekiston - Iroq o'yinida tartibsizlik keltirib chiqarganlarga qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti xabar berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan futbol musobaqasida tomoshabinlar tomonidan stadionga tosh otish holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar shaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni malum qilamiz.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21.00da Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi o'yinlari doirasida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat «O'zbekiston» va «Iroq» terma jamoalari o'rtasidagi futbol o'yini boshlangan. O'yinning 12 daqiqasida o'yin hakami tomonidan “O'zbekiston” terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatilib 11 metrlik jarima to'pi belgilanganda, muxlislar norozi bo'lib, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloktirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bulib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug'ilgan J.S. qorin bo'shlig'idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo'lganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o'tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug'ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug'ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug'ilgan B.To'xtamurod, 2003 yilda tug'ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug'ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug'ilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka mamuriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. SHuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan davosi yo'qligini malum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Poytaxtimizda o'tkazilayotgan futbol bo'yicha Osiyo kubogi - nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Bu kabi sport musobaqalarida jamoat tartibiga rioya etmaslik nafaqat sportchilarimiz, balki O'zbekiston obro'siga putur etkazishi mumkinligini untumang. Sizlardan muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni va jamoat tartibiga qatiy rioya etishingizni so'raymiz", - deyiladi IIV rasmiy saytida. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика