"Paxtakor" murabbiyi: "Tarkibni kuchaytirishga umid qilyapmiz"
30 iyu 2018 12:58
Yangiliklar
"Paxtakor" murabbiyi: "Tarkibni kuchaytirishga umid qilyapmiz"
"Paxtakor" futzal jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Rajabov birinchi davra yakunlari xususida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi davrani qoniqarli baholaymiz. G'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan, ammo omadsiz tugagan uchrashuvlar ham bo'ldi. Ikkinchi davrada har bir bellashuvda g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz.
Jamoa ayni paytda tatilda. 2 iyuldan yig'in boshlanadi. Ertasi kuni tibbiy ko'rikdan o'tamiz. Yigirma kun davomida Toshkentda jismoniy imkoniyatlarni yaxshilash ustida ishlaymiz. Keyin to'p bilan mashq qilishga o'tamiz.
Tarkibni kuchaytirishga umid qilyapmiz. Jamoaga foyda va natija keltira oladigan o'yinchilarni topishni istaymiz. Hujumni kuchaytirishimiz zarur, himoyada ham yana variantlar lozim. Bir qator o'yinchilarni ko'zdan kechiryapmiz va omadli transferlar amalga oshirishni ko'zlayapmiz", - deydi Ravshan Rajabov.
Fikrlar