Mattias Yayssle: "Nasaf"ning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz, ammo g'alaba uchun o'z ustunligimizga etibor qaratamiz"
14 sen 23:33
Yangiliklar
Mattias Yayssle: "Nasaf"ning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz, ammo g'alaba uchun o'z ustunligimizga etibor qaratamiz"
"Al Ahli" bosh murabbiyi Mattias Yayssle Elit OCHL 1-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Barchamiz ertangi o'yinga intiqlik bilan kutmoqdamiz. O'tgan musobaqadan yoqimli xotiralarimiz qolgan va ilk o'yinimizni o'z maydonimizda, muxlislarimiz oldida o'tkazayotganimizdan mamnunmiz. Bu musobaqada ham muvaffaqiyatimizni davom ettirishga umid qilamiz.
"Nasaf"ning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz, ammo g'alabaga erishish uchun o'z ustun jihatlarimizga etibor qaratamiz.
Tarkibdagi bir qator o'yinchilar milliy terma jamoalardagi o'yinlari paytida jarohat olgan. Bundan xursand emasman, ammo tiklanish uchun bizda yana bir kecha bor", dedi 37 yoshli germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuv 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar