So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  1 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

"Paxtakor" jamoalarini taqdirlash marosimi o'tkazildi Yangiliklar

"Paxtakor" jamoalarini taqdirlash marosimi o'tkazildi

25 dekabr kuni "Paxtakor" futbolchilarini 2017 yilgi mavsumdagi medallar bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirning birinchi qismida yoshlar ligasida 2-o'rinni egallagan yoshlar jamoasiga kumush medallar O'FF vice-prezidenti SHoakrom Isroilov va O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev tomonidan topshirildi.

Keyin esa asosiy jamoaga oliy ligada qo'lga kiritilgan 3-pog'ona uchun bronza medallarini O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va PFL direktori Omon G'afurov futbolchilar, murabbiylar shtabi va xodimlarga taqdim etishdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq bosh murabbiy SHota Arveladze O'FF tomonidan o'zbek futboliga eng ko'p hissa qo'shgan chet ellik mutaxassis sifatida etirof etilgandi.


So'ng birinchi ligada 3-o'ringa ega chiqqan "Paxtakor" ayollar jamoasiga bronza medallari klub sport direktori Jafar Irismetov va futbol faxriysi To'lagan Isoqov tomonidan topshirildi.


Marosimning ikkinchi qismida 2017 yil "Paxtakor" jamoalarida o'zini ko'rsatgan futbolchilarga faxriylar sovrinlarni taqdim etishdi. Unga ko'ra, quyidagi o'yinchilar eng yaxshi deb topilishdi:

Eng yaxshi darvozabon - Aleksandr Lobanov
Eng yaxshi himoyachi – Marko Simich
Eng yaxshi yarim himoyachi – Tiago Bezerra
Eng yaxshi hujumchi – Igor Sergeev


"Paxtakor"ning eng yaxshi futbolchisi sifatida rasmiy sayt o'quvchilari o'rtasida so'rovnomada jamoa sardori Kamoliddin Tojiev g'olib chiqdi. U 38,5 foiz ko'rsatkich bilan Marko Simichdan o'zib ketdi. Simich ovozlarning 34,1 foizini to'pladi. Uchinchi o'rinni Gidi Kanyuk 14,3 foiz bilan band etdi.


Eng chiroyli gol muallifi sifatida Azim Ahmedov etirof etildi. Uning "Neftchi" darvozasiga 12 avgust kuni Toshkentda o'tgan uchrashuvda urgan goli shunga loyiq ko'rildi.


Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb Bobur Asqarov topilgan bo'lsa, eng yaxshi ayol futbolchi sifatida Madina Vohidovaga esdalik sovg'asi topshirildi.


"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati jamoalarga kelasi mavsumda chiroyli g'alabalar va chempionlikni tilab qoladi!


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика