So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

"Paxtakor" 33 yildan so'ng Toshkentda "Qayrat" bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Paxtakor" 33 yildan so'ng Toshkentda "Qayrat" bilan o'ynaydi

Teglar :  PaxtakorQayrat
O'zbekiston chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsum boshlanishidan oldin 25 fevral sanasida o'z maydonida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Raqib sifatida Qozog'istonning "Qayrat" klubi tanlandi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar tarixi juda uzoqqa borib taqaladi. 1956 yildan boshlangan o'zaro o'yinlar 1990 yilga qadar davom etgan. 

Bu klublar o'zaro 50 marta to'qnash kelishgan. "Qayrat" 21ta bahsda g'alaba qozongan, "Paxtakor" hisobida 18ta g'alaba mavjud, qolgan 11ta o'yinda durang qayd etilgan. 

Bu jamoalarning oxirgi so'nggi rasmiy o'yini 1990 yilda SSSR Birinchi ligasi 41-turi doirasida bo'lib o'tgan. O'sha bahsning qaydnomasini original nusxasini quyida taqdim etamiz: 

So'nggi turdan oldin "Paxtakor" 52 ochko bilan ikkinchi, Vladikavkazning "Spartak" klubi 55 ochko bilan birinchi o'rinda edi. O'sha paytlarda g'alaba uchun ikki ochko berilardi, shu bois "sherlar"da chempionlik uchun imkoniyat yo'q edi, ammo ikkinchi o'rinni saqlab qolish uchun o'z maydonida g'alaba qozonishi kerak edi. Sababi uchinchi o'rindagi "Metallurg" (Zaporoje) klubi safida 51 ochko bor edi. "Qayrat" esa oxirgi turdan avval 30 ochko bilan 20ta jamoa orasida 17-o'rinda borayotgandi. 

"Paxtakor" birinchi taymda Rifat Galiev va Igor SHkvirinning gollari evaziga oldinga chiqib oladi. 74-daqiqada "Qayrat" vakili Asan Kariev penaltidan hisobni qisqartiradi - 2:1. Asosiy vaqt tugashiga 1 daqiqa qolganida bosh hakam Kupryashkin ikkinchi bor mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilagan. Bu safar Kariev "Paxtakor" posboni Aleksandr Yanovskiyni alday olmaydi va darvozabon jamoasining g'alabasini saqlab qoladi. "Paxtakor" g'alaba qozonib yakunda SSSR Birinchi ligasi kumush medallarini qo'lga kiritib, Oliy ligaga yo'l oladi. 

"Paxtakor" (Toshkent) - "Qayrat" (Almati) - 2:1.

4 noyabr 1990 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 13000 tomoshabin.

Bosh hakam: V.Kupryashkin (Moskva).

"Paxtakor": Aleksandr Yanovskiy, No'mon Hasanov (Saydullo Tursunov, 60), Vyacheslav Klochkov, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov, Ilhom SHaripov, Sergey Bondarenko, Andrey Miklyaev (Vladimir Buntov, 65), Xoren Oganesyan, Igor SHkvirin, Rifat Galiev.

Zaxiradagilar: Farhod Magometov, Sergey Andreev, Anvar Jabborov. 

"Qayrat": Vadim Grozdov, Askar Kojabergenov, Islam Ahmedov, Pyotr Neyshteter, Sergey Junenko, Oleg CHuxleba (En Gvan Min, 70), Yuriy Rikov (Kayrat Aymanov, 84), Fanas Salimov, Aleksandr Mixel, Askerbek Ensenbaev (Asan Kariev, 36), Sergey Klimov.

Zaxiradagilar: Sergey Burakov, Li CHan Xo. 

Gollar: Rifat Galiev 4, - 1:0. Igor SHkvirin 27, - 2:0. Asan Kariev 74 penalti, - 2:1. 

Ogohlantirish: Kojabergenov ("Qayrat").

Amalga oshirilmagan penalti: Asan Kariev ("Qayrat") 89.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика