So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  17 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Paragvay bosh murabbiyi: "Afg'oniston O'zbekiston bilan juda o'xshash" Yangiliklar

Paragvay bosh murabbiyi: "Afg'oniston O'zbekiston bilan juda o'xshash"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Afg'onistonga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Paragvay bosh murabbiyi Karlos CHilavert saytimizga intervyu berdi.

"Bugun juda kuchli raqibga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Afg'oniston bizga etarlicha boshog'riq bo'la oldi, ayniqsa, hisobda ortda borayotganimizda muvozanatni o'nglash uchun ancha ter to'kdik. Lekin penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rgandik. Umuman olganda, bu jamoaga qarshi o'yin qiyin o'tishini oldindan bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik.

Afg'oniston O'zbekiston bilan juda o'xshash jamoa sanaladi. Ikki jamoa ham kurashuvchan, ikki jamoada ham tajribali murabbiylar bor edi va ikkalasiga qarshi qiyinchiliklarga duch keldik. Bugun ham birinchi bo'limda etarlicha muammolarga duch keldik, ammo ikkinchi bo'limda o'yinimizni yaxshilab, natijani o'z tomonimizga og'dira oldik.

Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bo'lg'usi raqibimiz bo'lishi mumkin bo'lgan Franciyaning Eronga qarshi o'yinini muhokama qilmoqchi emasman. Qolaversa, francuzlar Tailandaga qarshi bosh otirishi kerak, chunki Tailand kuchli jamoa, ularning murabbiyi ham o'z sohasining mutaxassisi. SHu bois imkoniyatlarni 50 ga 50 deya baholayman. Biz esa g'olib chiqqan jamoaga qarshi hozirlik ko'ramiz", dedi 48 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Paragvay terma jamoasi chorak finalda Tailand — Franciya juftligi g'olibi bilan bellashadi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика