Pairav Vohidov: "Kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalangan jamoa g'alaba qozonadi"
20 sen 2024 16:40
Yangiliklar
Pairav Vohidov: "Kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalangan jamoa g'alaba qozonadi"
"O'yin yaxshi va raqobatbardosh ruhda o'tdi. SHogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi, hatto hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Kim kamroq xato qilib, imkoniyatlardan ko'proq foydalansa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi, bugun shunday hodisa ro'y berdi.
Oldinda yana bir o'yinimiz bor. Hech bo'lmaganda, mundialdagi ishtirokimizni g'alaba bilan yakunlash uchun 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
Bizda individual hamda jamoaviy xatolar sodir bo'ldi. Balki bu hayajon tasiridandir. Portugaliyaning saviyasi ko'p narsani aytib turibdi.
Endi 3-turdagi raqib — Panamaning Marokash va Portugaliyaga qarshi o'yinlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Ularning zaif tomonlarini aniqlab, g'alaba qozonamiz degan umiddaman", dedi mutaxassis.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar