So’nggi yangiliklar

10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  1 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  2 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  5 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  39 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  6 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  2 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  6

O'zPFL yil ramziy terma jamoasiga "Navbahor" va "Nasaf"dan ikki nafardan futbolchi kiritdi Yangiliklar

O'zPFL yil ramziy terma jamoasiga "Navbahor" va "Nasaf"dan ikki nafardan futbolchi kiritdi

O'zPFL mavsumning ramziy terma jamoasini o'zgacha uslubda elon qildi.

Ortda qolgan mavsum ramziy termasidan "Surxon", "Nasaf", "Paxtakor", "Navbahor", "Neftchi" va "Andijon"dan vakillar o'rin olishdi.


Yil ramziy temasi:

Darvozabon: Artyom Potapov ("Surxon")

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Umar Adhamzoda ("Neftchi"), Oston O'runov ("Navbahor")

Hujumchilar: Silvanus Nimeli ("Surxon"), Dragan CHeran ("Paxtakor"), Rubin Xebay ("Andijon")

Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov ("Andijon").

Ramziy terma jamoa haqidagi original videoni "Telegram-kanalimiz"da tomosha qilishingiz mumkin.



"Ramziy terma jamoadan joy olish doim yoqimli. Xursand qiladigan tarafi, har bir poziciya uchun ikki-uch nafardan futbolchi jiddiy kurash olib bordi. Ayrim yulduzlarning ramziy terma jamoadan tushib qolganidan o'zimiz ham hafamiz. Zero ular chindan ham jiddiy ter to'kishdi. Biroq bizda faqatgina 11 nafar futbolchi uchun joy bor edi. SHundan kelib chiqib, Liga ramziy termasi Sizning qarashlaringizdan farq qilishi mumkin. Ammo ishonamizki, mazkur jamoa ajoyib ijrochilardan tuzib chiqildi.

Biz ramziy terma jamoaga murabbiy sifatida Andijon ustozi Aleksandr Xomyakovni tanlab oldik. Zero, Paxtakor har yilgidan ham ko'proq ochko yo'qotdi. Nasaf Superligadan ko'ra CHempionlar ligasida muvaffaqiyatliroq o'ynadi. Navbahor chempionlik uchun kurash olib bordi, ammo yakunda 3-o'rin bilan kifoyalandi. OKMK esa Superligada bir bosh baland sakray olmadi. Neftchi so'nggi turlarga borib sovrinli o'rinlardan chiqib ketdi. Andijon esa har qanday holatda ham o'z qarichidan balandroq sakray oldi.

Hujumdagi uchlik borasida ortiqcha izohga hojat yo'q. Surxon darvozasini qo'riqlagan Artyom Potapov Superliganing 12 uchrashuvida darvozasi dahlsizligini saqlay oldi hamda Surxonning barcha uchun birdek qiyin raqib bo'lishiga hissa qo'shdi. Liga ramziy terma jamoadan joy olgan futbolchilarni bu muvaffaqiyat bilan qutlaydi. Aslida ulardan kam bo'lmasa-da, faqatgina ovoz berish yakunlariga ko'ra jamoaga kira olmay qolgan yulduzlarimizdan esa kelasi mavsumda yanada yaxshiroq ishtirok kutib qolamiz", - deyiladi PFL xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика