So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

O'zPFL va Uzreport TV ishchi guruhi Pro liga stadionlarini ko'zdan kechiradi Yangiliklar

O'zPFL va Uzreport TV ishchi guruhi Pro liga stadionlarini ko'zdan kechiradi

Avvalroq xabar berilganidek, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda UZREPORT TV o'rtasida Pro liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo'yicha shartnoma imzolangan edi.

Unga ko'ra, UZREPORT TV Pro liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlarni UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etishi ko'zda tutilgan. SHu bois, O'zPFL hamda UZREPORT TV ishchi guruhi tanaffusdan foydalanib Pro liga uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionlarni tekshirishni boshladi. 16 avgust kuni ishchi guruh “Oqtepa” futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “To'qimachi” stadionini tekshirishdi. Unda tomoshabinlar uchun translyaciya sifatini oshirish, ularga sifatli lavhalar etkazib berish maqsadida kameralar joylashuviga stadionda maxsus nuqtalar belgilab olindi.

SHuni takidlash lozim, stadionlardagi sharoit translyaciya sifatiga tasir qiladi. Aynan shu bois, Pro liga uchrashuvlari o'tkaziladigan barcha stadionlar ko'zdan kechiriladi va ushbu liga bahslari sifatli translyaciya qilinishi uchun sharoit yaratiladi.

Hamkorlikdagi asosiy masalalardan yana biri, Pro liga saviyasini ko'tarish va uni maksimal darajada Superligaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Har ikki liga o'rtasidagi raqobatdan O'zbekiston Professional futbol ligasi manfaatdordir. Qolaversa, endilikda Pro liga klublarida ham o'zini namoyon etish, mazkur liga futbolchilarida esa terma jamoa murabbiylari nazariga tushish imkoniyati paydo bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика